«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Ko‘p postli o‘zgarmas tok payvandlash agregatlari


Download 0.53 Mb.
bet70/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

17.1. Ko‘p postli o‘zgarmas tok payvandlash agregatlari



1-rasm

Belgilanishiga ko‘ra o‘zgarmas tok generatorlari ko‘p postli va bir postli generatorlarga bo‘linadi. Ko‘p postli generatorlar qattiq tashqi xarakteristikada ishlashlari uchun aralash qo‘zg‘atish chulg‘amiga ega bo‘ladilar.

Alohida payvandlash posti ko‘p postli generatorga, ortib ketishi mumkin bo‘lgan kuchlanishni bartaraf etish uchun belgilangan ballast reostati orqali ulanadi (bundan tashqari ballast reostati orqali ulash oqibatida yoyning barqaror yonishi ham ta’minlanadi). Ko‘p postli payvandlash qurilmasining ulanish sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin. (23-rasm).

Nominal tok 200, 250, 350 A bo‘lganda ballast qarshilikdagi (RB) tokni boshqarish chegaralari mos ravishda 50 - 200 A; 80 - 250 A va 100 - 300 A bo‘lishi va har bir boshqarish bosqichida tokni 10 - 15 A ga 5% aniqlikda o‘zgartirish kerak.

Agar generator kuchlanishi 60 V, yoydagi kuchlanish 20 V ga teng bo‘lsa va payvandlash metall elektrodlar yordamida amalga oshirilsa, RB 40 V kuchlanishga tanlanadi.

Tok kuchi 40 dan 260 A gacha bo‘lgan va 5 ta parallel seksiyaga ega bo‘lgan ballast reostat (RB) sxemasi 2 - rasmda keltirilgan:


2-rasm
Misol tariqasida ko‘rsak, PSM - 1000 tipidagi o‘zgartirgichga bir paytning o‘zida payvandlash toki 200 A bo‘lgan 9 ta postni yoki payvandlash toki 300 A bo‘lgan 6 ta postni ulash mumkin. Ushbu o‘zgartirgich bir korpusli bo‘lib, bitta umumiy o‘q bilan birlashtirilgan, quvvati 60 kVt, nominal toki 1000 A bo‘lgan SG - 1000 tipidagi generator va quvvati 75 kVt, aylanish tezligi 1450 ayl/min bo‘lgan asinxron dvigatelp AD lardan iborat. Generator parallel va ketma-ket chulg‘amlaridan iborat aralash qo‘zg‘atish chulg‘amiga ega.

Ko‘p postli payvandlash qurilmalari, qurilmaning va foydali quvvat birligiga nisbatan sarflarning arzonligi, ishlab chiqarish maydonini kam egallashi, ishlatishda ishonchliligi kabi afzalliklarga ega bo‘lib, quyidagi kamchiliklardan holi emas: energiyaning ballast reostatda sezilarli yo‘qolishi, statsionar o‘rnatilgan payvandlash qurilmalaridan harakatda foydalana olish imkoniyati cheklanganligi kabilardir.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling