«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan
O‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlari
Download 0.53 Mb.
|
ЕТК маруза
17.3 O‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlari
Texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni va talab qilingan payvandlash sifatini ta’minlagan hollarda o‘zgaruvchan tokda payvandlash o‘zgarmas tok agregatlarida payvandlashga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 5- rasm 1. O‘zgaruvchan tok payvandlash agregatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri manbaga ulanishlari munosabati bilan, payvandlash toki manbasining nisbatan arzonligi va shuningdek, payvandlanayotgan mahsulot birligiga ko‘ra amortizatsiya sarflarining kichikligi. 2. Qurilmaning sodda tuzilishi, yuqori darajadagi ishonchlilik va ta’mirlash hamda xizmat ko‘rsatish ekspluatatsion sarflarning kichikligi. 3. Payvandlanayotgan mahsulot birligiga sarf bo‘layotgan elektr energiyasi miqdorining kichikligi. O‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda manba sifatida kuchlanishi 220 yoki 380 V bo‘lgan maxsus payvandlash transformatorlardan foydalaniladi. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki ko‘rinishda ijro etiladi.: 1) normal magnit tarqalishni ta’minlovchi; 2) yuqori magnit tarqalishini ta’minlovchi. 5-rasmda keltirilgan alohida drosselli payvandlash transformatorlari hozirgi kunda chiqarilmaganiga qaramay foydalanishda ko‘plab STE-22; STE--23; STE-32; STE-34; seriyali 250;300;450;500 A payvandlash tokiga ega transformatorlardan foydalanilmoqda ( PR q 60 % ). Bunday transformatorlarda payvandlash tokining miqdori drosseldagi mavjud havo bo‘shlig‘i ni o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi, bunda maksimal payvandlash toki (zazor) ning eng katta qiymatiga to‘g‘ri keladi.
6 - rasm. 6 - rasmda STN tipidagi payvandlash transformatori (Nikitin transformatori deb yuritiladi) ko‘rsatilgan bo‘lib, unda ikkilamchi chulg‘am II dan tashqari umumiy magnit o‘tkazichga qo‘shimcha reaktiv chulg‘am IIk joylashtirilgan. Transformatorning ikkilamchi kuchlanishi II va IIk chulg‘amlar e.yu.k. larining yig‘indisi bilan aniqlanadi. Payvandlash toki havo bo‘shlig‘i ni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Katta tok olish uchun (zazor) ni kattalashtirish talab qilinadi. Saonatda PR = 65% bo‘lgan STN-500, STN-700 transformatorlari keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ularning payvandlash toki mos ravishda 500 va 700 A ga teng, manba kuchlanishi 220 yoki 380 V ga teng. 7-rasm
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling