«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Download 0.53 Mb.
bet75/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
ЕТК маруза

18.2 CHokli payvandlash
CHokli payvandlash. Bunday usulda payvandlashda tutashtirilayotgan detallarning uchlari o‘zaro birlashtirilgach, detallar chokni payvandlash haroratini ta’minlovchi miqdordagi, katta tok manbasiga ulanadi va undan so‘ng detallarga tegishli sikish kuchi bilan ta’sir etib ajralmas chok hosil qilinadi. Bunday usul bilan payvandlashning ikki turi mavjud bo‘lib, undan biri eritmay payvandlash va ikkinchisi eritib payvandlash deb yuritiladi (svarka bez oplavleniya va svarka s oplavleniem). Birinchi usulga ko‘ra payvandlash, tok kuchi 5-10 kA ga va payvandlanayotgan detalning kesim yuzasi bo‘yicha solishtirma quvvat 10 - 15 kV*A/sm2 ga teng bo‘lganda amalga oshiriladi. Ikkinchi usulga ko‘ra payvandlash, uch bosqichda olib borilib, bunda detallar dastlabki qizdirish haroratigacha qizdiriladi, so‘ngra erish darajasigacha etkaziladi va undan so‘ng uzil-kesil payvandlash amalga oshiriladi.

CHokli payvandlash qurilmalari belgilanishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:


1) payvandlash usuliga ko‘ra - qarshilik usulida payvandlash va eritib payvandlash;

2) belgilanishiga ko‘ra - universal va maxsuslashtirilgan;

3) uzatish mexanizmining tuzilishiga ko‘ra prujinali, richagli, vintli, gidravlik, pnevmatik yoki elektr yuritmali uzatish mexanizmiga ega qurilmalar;

4) elektrodlarni qisish usuliga ko‘ra;



5) o‘rnatilishi va montaj qilinishiga ko‘ra statsionar va harakatdagi.
CHokli payvandlash qurilmalarining quvvati 0,75 dan 750 kV*A gachani tashkil etadi, misol uchun, ASP - 10; MS; K; MSL tipidagi chokli payvandlash qurilmalarining quvvati 10 - 750 kV*A, birlamchi kuchlanishi 220 yoki 380 V; ikkilamchi kuchlanishi (1,2-3,2) dan (5,5 – 14,6) V gacha, ishlab chiqaruvchanligi soatiga 20 dan 200 tagacha payvandlash, detallarga berilayotgan kuch 0,5 dan 200 kN ga tengdir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling