18.3 Nuqtali payvandlash va rolikli payvandlash
Nuqtali payvandlash. Ushbu usulda payvandlashni 1-rasmda keltirilgan tartibda tasvirlash mumkin. Bunday usulda payvandlashda detal maxsus elektrodushlagichlarga qotirilgan elektrodlar o‘rtasiga o‘rnatilib, qattiq qistirilgach, elektrodlardan tok o‘tkaziladi. YAdrodagi harorat metallni eritish haroratidan bir muncha yuqori bo‘ladi. Bitta nuqtani payvandlash uchun ketgan vaqt detalning qalinligi, detal materialining xossalari, payvandlash mashinasi (qurilmasi) ning quvvati va detalni qisish kuchi kabilarga bog‘liq bo‘lib, sekundning mingdan bir ulushidan bir necha sekundgacha teng bo‘lishi mumkin (qo‘pol ravishda po‘lat qalinligi 1 mm bo‘lsa, 1 sekund vaqt ketadi deb qabul qilinadi).
2 – rasm
Nuqtali payvandlash usuli list ko‘rinishdagi materiallarni, kesuvchan sterjenlarni, shuningdek, listlarni sterjen va boshqa ko‘rinishdagi prokatlangan mahsulotlar bilan
payvandlash uchun qo‘llaniladi.
3- rasm
Misol uchun MT tipidagi qurilmalar parametrlari: quvvati 20 - 400 kV.A; birlamchi kuchlanishi 220 yoki 380 V; ikkilamchi kuchlanishi (1,42 – 2,84) dan (6 - 12) V gacha; payvandlanayotgan detallar qalinligi 0,25 dan 8,0 mm gacha, ishlab chiqaruvchanligi minutiga 40 dan 150 ta nuqtagacha, elektrodlarga ta’sir etilayotgan kuch 3 – 32,5 kN ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |