8.1. Induksion kanal pechlari.
Induksion kanal pechlar kuchlanishi 220, 380, 500 V, tok chastotasi 50 Gs bo‘lgan elektr energiya manbasiga ulanadi. Ular sex podstansiyasiga o‘rnatilgan pasaytiruvchi kuch transformatorlariga ulanadi.
Rudani quritish, dastlabki eritish kabi jarayonlar iste’mol quvvati miqdorini nominal qiymatga ko‘ra 25 - 30 foiziga kamaytirishni toqazo etadi. Buning uchun pechlar kuch transformatorlariga avtotransformatorlar orqali ulanadi. Bunda avtotransformator quvvati pech quvvatining 45 - 50 foiziga teng deb qabul qilinadi.
Amaliyotda induksion kanal pechlarlarning manbaga shaxsiy (individual) va gruppalab ulash sxemalari mavjud. Gruppalab ulashda bitta transformatorga bir necha pechni (odatda 3 ta yoki 6 ta) ulash ko‘zda tutiladi.
4 - rasmda alyuminiyni eritish uchun belgilangan bir fazali induksion kanal pechlarning ulash sxemasi keltirilgan.
4 – rasm
Bir fazali alyuminiy eritish uchun belgilangan induksion kanal pechlar sxemasi.
Sxema tarkibiga quyidagi elektr jihozlari kiritilgan:
KT - chiziqli kontaktor
K - kanal
AT - avtotransformator
T - termopara (termojuftlik)
KR - kontroller
TT - tok transformatori
KB - kondensator batareyasi
TN - kuchlanish transformatori
I - pech induktori
Do'stlaringiz bilan baham: |