Elektr texnologiyasi


Download 0.66 Mb.
Sana02.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1318880
Bog'liq
Bayonnoma Majidov Xamidxon 2023 yill




JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
ELEKTR TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
MAJLISINING № ____– SONLI BAYONNOMASIDAN KO`CHIRMA


2022-yil 27-avgust Jizzax shahri

Qatnashdilar: “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani dotsent.U.Yarlakabov, O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i PhD. J.Nasriddinov, kafedra mudiri PhD,E.Axmedov kafedra katta o‘qituvchilar A.Saodullayev, G.Qo‘shoqov, assistentlar T.Sa’dullayev, N.Qo‘chqarov, B.Xoldarov A.Axmedov, U.Xudoyberdiyev, O.Mamasoliyev, laboratoriya mudiri S.Berdiyorova.




KUN TARTIBI:

  1. Elektr texnologiyasi” kafedrasiga ishga joylashayotgan Jizzax politexnika instituti “Energiya tejamkorlik va energiya audit” mutaxassisligi magistranti Majidov Xamidxon Orifxon o‘g‘lining “Elektr mashinalari” fanidan “Asinxron elektr mashinalari” mavzusidagi ochiq dars muhokamasi.

Sinov muddatiga asosan ishga qabul qilish.


    1. “Elektr texnologiyasi” kafedrasi mudiri PhD.E.Axmedov so‘zga chiqib, Majiov Xamidxon Orifxon o‘g‘lining “Elektr mashinalari” fanidan “Asinxron elektr mashinalari” mavzusidagi ochiq darsi yuzasidan to‘xtalib, yosh mutaxassisning yuqoridagi mavzuning batafsil tushunarli qilib yoritib berganligini, yosh bo‘lishiga qaramay hayajonlanmasdan yaxshi yoritib berganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Kelgusida o‘z ustida ishlasa, malakasini oshirib borsa, ba’zi bir kamchiliklarni bartaraf etsa, kelajakda yana yaxshi natijalarga erishish mumkinligini ta’kidladi.

    2. So’zga chiqdilar: “Energetika va radioelektronika” fakulteti dekani dotsent. U.Yarlakabov, O‘quv uslubiy boshqarma boshlig’i PhD. J.Nasriddinov va kafedra katta o‘qituvchilari O.Nurullayev, A.Saodullayevlar ochiq dars sifatli o‘tganligini ta’kidlabdilar. Elektr mashinalar fani o‘ziga xos fan ekanligi, fanning xususiyatiga qarab o‘qitish uslubiyatlarini tanlash zarurligini, o‘zi o‘tayotgan fanlardan o‘quv-uslubiy majmualarni qo‘llash texnologiyasidan foydalanish orqali talabalarda Elektr mashinalar fanidan olayotgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga katta e’tibor berayotganligini tushuntirib o‘tdilar va ko‘proq zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalaridan va xorijiy adabiyotlardan ko‘proq foydalansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.







Kafedra majlisi qaror qildi:

1. “Elektr texnologiyasi” kafedrasi mudiri PhD. E.Axmedov “Elektr texnologiyasi” kafedrasiga ishga joylashayotgan Jizzax politexnika instituti “Energiya tejamkorlik va energiya audit” mutaxassisligi magistri Majidov Xamidxon Orifxon o‘g‘lining “Elektr mashinalari” fanidan, “Asinxron elektr mashinalari” mavzusidagi ochiq dars haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Majidov Xamidxon Orifxon o‘g‘lining “Elektr texnologiyasi” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilish uchun institut rektoriga tavsiya etilsin.
3. Qaror ijrosini nazorati kafedra mudiri PhD. E.Axmedov zimmasiga yuklatilsin.


Kafedra mudiri: E.Axmedov
Majlis kotibi: S.Berdiyorova


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling