Elektr tok. Tok zichligi. Elektr potensial va kuchlanish


Download 375.12 Kb.
bet6/13
Sana19.06.2023
Hajmi375.12 Kb.
#1612830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Он 2 variant

1948 yilda Farhod GESining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu O‘zbekiston energetikasi tarixidagi eng ulkan zafarli davr hisoblanadi. GESning ishga tushirilishi Toshkent-Farg‘ona energetika sistemalarini birlashtirishga asos soldi.
1- va 2-Oqqovoq, 2- va 3-Bo‘zsuv, Shahrixon, qumqo‘rg‘on GESlari qatori shu davrda Angren, Qo‘qonIESlari va o‘nlab boshqa sanoat yo‘nalishidagi stansiyalar ishga tushirildi.
1945-1956 yillarda elektr energiya ishlab chiqarish 1940 yilga nisbatan 5,5 marta, ishlab chiqarishning jihozlanganlik ko‘rsatkichi 16,5 marta ko‘paydi. 1951-1955 yillarda o‘nlab yangi stansiyalar, xususan, Toshkentda Shayxontohur va 2 ta yangi Bo‘zsuv GESlari, Chirchiqda Yoshlar GESi ishga tushirildi, Toshkent issiqlik markazining quvvati ikki marta oshirildi. Andijonda 7-Shahrixon GESi qurildi. Farg‘ona viloyatida quvasoy GESning quvvati 3 marta ko‘paytirildi. Angren IES qurilishi jadallashdi, qayroqqum GES qurilishi qardosh O‘zbekiston va Tojikiston energetikasining rivojiga alohida ahamiyat kasb etdi.
Chirchiq-Bo‘zsuv GESlari qurilishi natijasida nafaqat elektr energiya ishlab chiqarish ko‘paydi, balki bu gidrotexnik inshootlar qo‘shimcha 70 ming gektar qo‘riq erni o‘zlashtirish imkonini berdi. Farxod GES va qayroqqum suv ombori qurilishlari 300 ming gektar erga obi-hayot baxsh etdi.
1951 yil esa O‘zbekiston olimlari uchun ulkan zafar yili bo‘ldi. Sobiq Ittifoqda eng birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan va telemexanizatsiyalashgan stansiyalar majmui sifatida o‘zbek energiya sistemasi GESlari ro‘yxatga olindi.
O‘zbekistonda bu davr asosan issiqlik stansiyalarni loyihalash, qurish va ishga tushirish davri bo‘ldi. 1958 yilda Angren GRESning birinchi navbati (umumiy loyiha quvvati 600000 kVt) ishga tushirildi. Toshkent energiya sistemasi GESlar bilan bu stansiya elektr energiya iste’molchi grafigini barcha rejimlarda tartibga tushirish va eng samarali rostlash imkonini yaratdi.
1960 yilda Navoiy GRESi (loyiha quvvati 840 mVt), 1961 yilda esa Toshkent GRESi (loyiha quvvati 1800 MVt) qurilishi boshlandi.
1963 yilda esa Toshkent GRESida birinchi energetik blok (150 mVt) ishga tushirildi. Taxiatoshda yangi 2 ta energoblok (quvvati 100 mVtdan) ishlatildi. Bu stansiya Xorazm hamda Qoraqalpog‘iston elektr ta’minotida va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Olmaliq va Farg‘ona issiqlik energetik markazlari kengaytirildi.
Chorbog‘ gidroenergetik qurilishining ahamiyatini ayniqsa, o‘z vaqtida qilingan ishlar qatorida munosib baholash joiz. Suv ombori deyarli 2 mlrd. m3 bo‘lib, doimiy ravishda 300 ming gektar erni sug‘orish imkonini yaratdi. GES quvvati 600 MVt (har biri 150 MVt li 4 ta gidrogeneratorlar).
Qurilishlar nafaqat elektr ta’minot, balki irrigatsiya masalalarini kompleks hal etishga qaratilganligini alohida ta’kidlash kerak. CHorbog‘ GES qurilishi umuman CHirchiq-Bo‘zsuv tizimida barcha GESlar ish rejimining samarasini oshirish hamda qo‘shimcha 160 MVt arzon elektr quvvati olish imkonini yaratdi.
1965 yilda barcha elektr stansiyalar quvvati 2816,6 MVtga etdi. Shundan GESlar quvvati 2270,5 MVt bo‘lib, 9 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqardi.
Magnit maydonini o‘zgarishi natijasida elektr maydoni va aksincha elektr maydonini o‘zgarishi natijasida magnit maydoni hosil bo‘lishi bu ikki maydonning o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Buni elektr energiyani uzatish liniyasining ish faoliyati misolida ko‘rish mumkin (1.1 - rasm).
L iniya simlari orqali energiya uzatishda bir-biridan izolyasiya qilingan simlar U kuchlanish ta’sirida bo‘ladi. Buning natijasida simlar orasida kuchlanganligi E bo‘lgan elektr maydoni hosil bo‘ladi. Liniya simlaridan I tok o‘tishi natijasida ularning ichida va atrofida kuchlanganligi H bo‘lgan magnit maydoni yuzaga keladi (1.1 – rasmda elektr maydoni uzuq chiziqlar, magnit maydoni esa uzluksiz chiziqlar bilan ko‘rsatilgan).
1.1– rasmdagi maydonlar kartinasidan ko‘rinib turibdiki, elektr maydoni kuch chiziqlari berk emas – ular musbat zaryadlangan simdan boshlanib manfiy zaryadlangan simda tugaydi, magnit maydoni kuch chiziqlari esa berk – ularning boshi ham, oxiri ham yo‘q.
Elektr maydonining eng oddiy ko‘rinishi qo‘zg‘almas elektr zaryadlarning maydoni hisoblanadi va u elektrostatik maydon deb ataladi. Bu maydonning har bir nuqtasi kuchlanganlik vektori bilan tavsiflanadi.
Elektr maydonining kuchlanganligi unga kiritilgan nuqtali zaryadga maydon tomonidan ta’sir etayotgan kuchning shu zaryadga nisbatiga teng. Kuchlanganlik vektorining yo‘nalishi nuqtali zaryadga ta’sir etayotgan kuch vektorining yo‘nalishi bilan mos tushadi, binobarin:
.
Nuqtali zaryad deb, shunday jism zaryadiga aytiladiki, uning o‘lchami juda kichik bo‘lib zaryadi tadqiq etilayotgan maydon ko‘rinishiga ta’sir etmaydi.
Agar q0q1 bo‘lsa, u holda bo‘lib, elektr maydonining kuchlanganligi son jihatdan birlik zaryadga maydon tomonidan ta’sir etadigan kuchga teng bo‘ladi.
Kuchlanganligi barcha nuqtalarda bir xil bo‘lgan maydon bir jinsli maydon deb ataladi.

Download 375.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling