Elektr tok. Tok zichligi. Elektr potensial va kuchlanish
Zanjirning EYK manbali qismi uchun Om qonuni
Download 375.12 Kb.
|
Он 2 variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr energiya
- Elektr quvvat
Zanjirning EYK manbali qismi uchun Om qonuni
A gar zanjirning biror qismida EYK manbai bo‘lsa, u holda bu zanjir uchun potensiallar ayirmasi EYKning yo‘nalishini e’tiborga olgan holda aniqlanadi. Om qonuni esa quyidagicha ifodalanadi (1.14 –rasm, a): . 1.14 – rasm, b uchun . Umumiy holda, ya’ni elektr zanjir tarkibida bir nechta EYK manbai va rezistorlar bo‘lsa, t ok ifodadan aniqlanadi. Bu ifoda umumlashgan Om qonuni deyiladi. Bir konturli elektr zanjiri uchun Om qonuni quyidagicha yoziladi: bunda - ichki va tashqi qarshiliklarning zanjir bo‘yicha arifmetik yig‘indisi, - zanjirdagi EYKlarning algebraik yig‘indisi. Agar tok yo‘nalishi EYK yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lsa, u holda EYK E musbat, qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘lsa, manfiy ishora bilan olinadi. Masala: tarmoqlanmagan zanjirda (1.15-rasm) EYK E1q=110 V, E2q=48 V, rezistor R1q=18 Om, R2 q=13 Om. a va b nuqtalar orasidagi kuchlanishni aniqlang. Yechish. Tokning musbat yo‘nalishini soat mili harakati yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilamiz. Om qonuniga asosan: EYK E1 ning yo‘nalishi tok I yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lgani uchun E1 musbat ishorada, E2 yo‘nalishi esa tok I yo‘nalishiga teskari bo‘lgani uchun manfiy ishorada olindi. Tok yo‘nalishi ixtiyoriy qabul qilinadi. Agar topilgan tokning qiymati manfiy ishora bilan chiqsa, u holda tokning haqiqiy yo‘nalishi dastlab qabul qilingan tok yo‘nalishiga teskari yo‘nalgan bo‘ladi. a va b nuqtalar orasidagi potensiallar ayirmasi Uab ni aniqlash uchun zanjirni adb qismini olib, unga zanjirning EYK manbali qismi uchun Om qonuni qo‘llaniladi: , bundan . Zanjirning asb qismi uchun esa , bundan Demak, yoki Elektr energiya Oddiy elektr zanjiri uchun tok Om qonuniga ko'ra quyidagicha aniqlanadi: bundan ekanligini hisobga olib, ifodani hosil qilamiz. Oxirgi tenglamani ikkala tomonini ga ko'paytiramiz: bu yerda -manba energiyasi yoki u bajargan ish. tengliklardan ni hosil qilamiz. Bunda -manba ichki qarshiligida isrof bo'lgan energiya. W – R qarshilikli iste'molchida sarf bo'lgan energiya. Shuni ta'kidlash kerakki, ish va energiya teng kuchli tushunchalardir. Energiyani o'lchash uchun jism shu energiyani sarflab bajargan ishini o'lchash kerak bo'ladi. Energiyaning o'lchov birligi . 1 kVtsoat = 3600000 Jl. Elektr quvvat Elektr quvvat-elektr energiyani uzatish va boshqa tur energiyaga aylantirish tezligini xarakterlovchi fizik kattalikdir: bu yerda -manbaning quvvati. Quvvatning o'lchov birligi vatt. 1 vatt - 1 sekund davomida 1 Jl ish bajarishga teng quvvat. Energiya manbaining iste'molchiga berayotgan quvvati: (1.1) Manba ichki qarshiligida isrof bo'lgan quvvat: . Download 375.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling