Elektr toki, magnit maydoni, elektr maydon tasirida yuzaga keladigan asosiy xodisalar
Download 442.71 Kb.
|
Energiya tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Energiyaning sifati.
Renessans ta’lim universiteti 306-guruh Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi Tabiiy fan fanidan tayyorlagan taqdimoti Bajardi: Hakimova MarhaboReja:
1 Energiya tushunchasi. «Energiya» yunoncha so’z bo’lib, «faoliyat» degan ma‘noni bildiradi. Haqiqatan ham har qanday faoliyat energiya sarf qilish yoki energiya chiqarish bilan bog’liq. Energiya materiyaning asosiy xususiyati bo’lib hisoblanadi. Fizikada energiya deganda, materiyaning har xil shakldagi harakati tushuniladi. Uning ilmiy ibora sifatida kiritilishi materiyaning har xil shakldagi (mexanik, issiqlik, kimeviy, yadroviy, gravitatsion va boshqa) harakati, biri ikkinchisini aylantirish xususiyatiga ega. Energiya-keng ma‘noda kuch demakdir. Termodinamikaning birinchi qonuniga (energiyaning saqlanish qonuniga) ko’ra – energiya hosil bo’lmay qolmaydi, yo’qolmaydi; faqat bir turdan boshqa turga o’tadi. Tabiatda va ishlab chiqarish faoliyati jarayonida energiya hosil bo’lishi doimiydir. Shuning uchun Yerda hayot rivojlanishi tarixini inson paydo bo’lishi va insoniyat rivojlanishini – energiyaga egalik qilish va uni qayta shakllantirishning tarixiy kurashi deb qarash mumkin. 2 Energiyaning sifati. Energiyaning sifati eksergiya bilan tavsiflanadi. Eksergiya – qaysidir jarayonga qo’llangan energiyaning foydali qismi; umumiy holda – termodinamik tizimning ma‘lum holatdan atrof- muhit bilan tenglik holatiga o’tish paytidagi maksimal ishidir. Eksergiya – energiyaning tashkil etuvchisi bo’lib, atrof- muhitning ma‘lum sharoitida energiyaning zarurligi va aylantirilishi bilan tavsiflanadi. Yuqori sifatli energiya hosil qilish uchun past sifatli energiya sarf qilishga to’g’ri keladi. Kuyosh energiyasi oqimi, ya‘ni uning biosferada qayta aylantirish zanjiriga olingan qismi, tartibini tashkil etadi va energiyaning ba‘zi qismini eksergiyasini oshiradi. L.I.Tsvetkova va boshkalar fikricha, (1999 y.) tabiatda energiyaning sifat ko’rsatkichi bo’lib, quyosh yorug’ligining kaloriya miqdori xizmat qiladi va u 1 kaloriya yuqori sifatli energiya hosil qilishi uchun tarqalishi lozim. Har xil energiya manbalarining sifati quyidagi jadvalda keltirilgan Download 442.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling