Elektr toki Tok kuchi Elektr yurituvchi kuch


Download 176.96 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi176.96 Kb.
#1239462
  1   2
Bog'liq
elektir zanjir


ELEKTR ZANJIRLARINI TAVSIFLOVCHI ASOSIY KATTALIKLAR
Reja

  1. Elektr toki

  2. Tok kuchi

  3. Elektr yurituvchi kuch



Tayanch so’z va iboralar: Elektr toki, , Amper, o’zgarmas elektr toki, tok zichligi, ampermetr, volt, voltmetr
Tinch turgan elektrik zaryadlar va harakatda bo’lgan zaryadlar har – xil xossalarga ega bo’lib, ularning bu xossalaridan texnikada juda ko’p foydalanish mumkin. Zaryadlangan zarralarning sun’iy ravishda hosil qilingan oqimi insonga cheksiz katta imkoniyatlarni ochib bermoqda. Hozirgi texnikaning deyarli hamma yutuqlari shu oqimlardan foydalanish bilan bog’liq. Zaryadli zarralar harakat qilganda elektr zaryadi joydan – joyga ko’chadi. Erkin elektronlar yoki ionlarning tartibli ko’chishida elektr toki paydo bo’ladi.
Zaryadlangan zarralarning biror tomonga tartibli harakatiga elektr toki deb ataladi. Elektr tokining yo’nalishi sifatida musbat zaryadlar harakat qiladigan yo’nalish, ya’ni zanjirdagi tok manbaining musbat qutbidan manfiy qutbiga tomon yo’nalish qabul qilingan.
Elektr tokining uzluksiz o’tishi uchun qo’yidagi ikkita shart bajarilishi kerak:

  1. Moddada (jismda) ko’p miqdorda erkin harakatlana oladigan zarralar bo’lishi kerak.

  2. Bu zarralarga ta’sir etuvchi elektr maydon bo’lishi kerak.

Erkin harakatlanadigan zaryadli zarralar metallarda, tuz, kislota va ishqorlarning eritmalarida hamda gazlarda bo’ladi. Bunga qarab elektr toki o’zining ma’lum uchastkasida o’tkazuvchanlik toki (metal o’tkazgichlarda), ion toki (elektrolitlarda) boshqasida esa ko’chish toki tarzida uchratish mumkin.
Metallarda elektr tokining tabiati erkin elektronlarning bir tomonlama harakatidan iborat. Tashqaridan elektr kuchi ta’sir etmasa, bunday elektronlarning tartibsiz harakati hech qanday elektr xususiyatlarini namoyon qilmaydi. Ammo, elektr maydoni ta’sir etsa, elektronlarning harakati aniq bir tomonga yo’naladi. Elektr maydoni o’tkazgich bo’ylab tabiatdagi eng katta tezlik ya’ni ~ 300000 km/s tezlik bilan tarqaladi. Shu sababli zanjir ulanganda elektronlar harakati butun zanjir bo’ylab bir vaqtda boshlanadi.
Tokning ta’sirlari. Zarralarning o’tkazgichdagi harakatini biz bevosita kuzata olmaymiz. Lekin, elektr toki borligini tok tufayli yuz beradigan ta’sir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin.

  1. Tokning issiqlik ta’siri ya’ni tok o’tayotgan o’tkazgich isiydi.

  2. Tokning ximiyaviy ta’siri – elektrolitlatda kuzatiladi.

  3. Tok qo’shni toklarga va magnitlangan jismlarga ta’sir qiladi.

Tokning bu ta’siri – magnetik ta’sir deb ataladi. Masalan: tokli o’tkazgich yonida turgan magnit strelkasi buriladi. Tokning magnetik ta’siri, uning ximiyaviy va issiqlik ta’siridan farqli o’laroq, asosiy ta’sir hamma o’tkazgichlarda bo’ladi.
Elektr tokini, ya’ni o’tkazgichning elektr zaryad miqdorini xarakterlovchi kattalik tok kuchi yoki sodda qilib aytganda, tok hisoblanadi.

Download 176.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling