Elektr tokining quvvati Reja


Yopiq zanjir uchun om qonuni


Download 0.81 Mb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1388764
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektr tokining quvvati

4.Yopiq zanjir uchun om qonuni. Tok manbaiga biror R qarshilikli rezistor ulab yopiq zanjir hosil qilinadi. Tok manbaining EYUK va ichki qarshiligi r bo`lsin. Generatorda r ichki qarshilik deb chulgamlar qarshiligi, galvanik elementda esa elektrolit eritmasi va elektronlarning qarshiligi tushuniladi.
Yopiq zanjir uchun Om qonuni zanjirdagi tokning kuchi I ni EYUK va zanjirning to`la qarshiligi (R+r) ni bir–biriga boglaydi. Yopiq elektr zanjirning qismlariga Om qonuni tatbiq qilinsa, zanjirning tashqi va ichki qismlaridagi kuchlanishlarning yigindisi manbaning elektr yurituvchi kuchiga teng bo`ladi, yani:
(98)
Bunda
(99)
Bu tenglik yopiq zanjir uchun Om qonunining matematik ifodasi bo`lib, u quyidagicha tariflanadi.
Yopiq zanjirdan o`tayotgan tokning kuchi manbaning elektr yurituvchi kuchiga to`gri proporsional va zanjirning to`la qarshiligiga teskari proporsionaldir.
Elektromagnetizm. magnit maydon haqida tushuncha. 1820 yilda Daniya fizigi Gans Hristian Ersted (1777–1851) tajriba asosida magnit strelkasining ustiga parallel joylashtirilgan o`tkazgichdan tok o`tganda magnit strelkasining dastlabki vaziyatdan ogishi va o`tkazgichga perpendikulyar joylashganligi aniqlandi. Agar o`tkazgichdan tokning o`tishi to`htatilsa, magnit strelkasi yana dastlabki vaziyatga qaytadi.
Ersted tajribasi olimlarni elektr toki o`tib turgan o`tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo`ladi degan hulosaga olib keldi. Huddi shu maydon magnit strelkasiga tasir etib uni ogdiradi.
Shundai qilib, qo`zgalmas elektr zaryadlari atrofidagi fazoda elektr maydon, harakatlanuvchi zaryadlar, yani elektr toki atrofida, faqat, magnit maydoni hosil bo`lar ekan.
O`tkazgich atrofida faqat undan tok o`tgan paytdagina magnit maydonning hosil bo`lishi magnit maydonning manbai tokdan iborat ekanligini tasdiqlaydi.
Shunday qilib, Ersted kashfiioti fizika fanining rivojlanishida katta turtkilardan biri bo`lib, u elektromagnetizm sohasidagi muhim kashfiiotlarni ochilishiga sabab bo`ldi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling