Elektr usulida boyitish asoslari Elektr maydoni va uning xossalari Ruda va minerallarning elektr xossalari
-rasm. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi
Download 208.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr separatsiyaga tasir etuvchi omillar
45-rasm. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi:
1—aylanuvchi cho'tka; 2-yuklovchi voronka; 3-cho'ktiravchi elektrod; 4-tojlantiruvchi elektrodlar; 5-quticha; qabul qiluvchi bunker. Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabandan tashkil topib, ularda asosiy separatsiya va mahsulotlardan birini tozalash sodir bo'ladi. Elektr separatsiya, asosan, kamyob metallar rudalari (qalay, volfram, titan — sirkoniy, tantal — niobiy) ning boyitmalari sifatini me'yorga yetkazish, shuningdek, keramik mahsulotlarni, shishali qumlarni, fosforit, slyuda, olmos va hokazolarni boyitishda ishlatiladi. Elektr separatsiyaga ta'sir etuvchi omillar Elektr separatsiya boyitiluvchi mahsulotning xossalari, separatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi, mahsulotni separatsiyaga tayyorlash usuli, jarayon borishining texnologik tartibi kabi bir qator omillarga bog'liq. Zarralarning elektr o'tkazuvchanligi elektr separatsiya samaradorligiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatuvchi yerga ulangan elektrodda elektrsizlanish tezligini va qoldiq kattaligini belgilaydi. Minerallarning elektr o'tkazuvchanligidagi farq qancha katta bo'lsa, ularning separator ishchi maydonida harakatlanish trayektoriyasi shuncha sezilarh farq qiladi va buning natijasida minerallarni ajratish osonlashadi. Yaxshi elektr o'tkazuvchanlikka ega zarralar yerga ulangan elektrodda tez elektrsizlanadi va imcha katta bo'lmagan qoldiq zaryadga ega bo'lib, mexanik kuchlar ta'sirida barabandan u bilan to'qnashgan zahoti uziladi. Zarralarning yomon elektr o'tkazuvchanligi elektr tortishish kuchlari hisobiga zarralarni baraban yuzasida ushlab turishga imkon beruvchi kattalikdagi qoldiq zaryadni saqlab qolishni ta'minlaydi. Zarralarning elektr o'tkazuvchanligi qancha kichik bo'lsa, ular barabanda shuncha uzoqroq ushlanib turadi va yuqori elektr o'tkazuvchi zarralar zonasidan shuncha uzoqda bo'ladi. Zarralarning o'lchami ularning tojli elektrsizlantirish maydonida oladigan zaryadini belgilaydi. Biroq zarraning o'lchami ortishi bilan uni yuzasidan uzuvchi markazdan qochma kuch ham ortadi. Zarralar o'lchamidagi farq katta bo'lganda ularni aniq ajratish qiyinlashadi. Yirik tok o'tkazmaydigan zarra mayda tok o'tkazadigan zarra bilan bir vaqtda barabandan uzilishi va aksincha, juda kichik o'tkazuvchi zarralar o'tkazmaydigan fraksiyaga tushib qolishi mumkin. Shunday qilib, elektr separatsiyada yuqori texnologik ko'rsatkichlarga erishish uchun mahsulotlarni boyitishdan awal klassifikatsiyalanadi. Agar boyitilayotgan mahsulotda changsimon zarralar sezilarli miqdorda bo'lsa, minerallarning elektr separatsiyasi -keskin yomonlashadi. Shuning uchun jarayonni o'tkazishdan oldin mahsulot changsizlantirilishi kerak. Download 208.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling