Elektr usulida boyitish asoslari Elektr maydoni va uning xossalari Ruda va minerallarning elektr xossalari


Mineral zarralarni zaryadlash usullari


Download 208.5 Kb.
bet5/8
Sana13.12.2022
Hajmi208.5 Kb.
#999982
1   2   3   4   5   6   7   8
Mineral zarralarni zaryadlash usullari. Boyitishda ishlatiladigan elektr separatsiya usullarining ko'pchiligi uchun mineral zarralarni zaryadlash (yoki qutblash) muhim ahamiyatga ega. Mineral zarralarni zaryadlashning eng ko'p tarqalgan usullarini ko'rib chiqamiz.
Ionlash orqali zaryadlash. Mineral zarralarni tojli elektrsizlashtirish maydonida zaryadlash usuli keng tarqalgan. Tojli elektrsizlashtirish gazlarda elektrsizlantirishning ko'rinishi hisoblanadi. Har qanday gaz = ideal dielektrikhgiga qaramay elektrodlar orasida tok manbayining yetarli quwatida elektr toki paydo qiladi. Bu hodisaning sababi, elektrodlar orasidagi oraliqda joylashgan gaz (havo) ionlashishi va buning natijasida gazda elektr zaiyadlarini tashuvchi (musbat yoki manfiy zaryadlangan ionlar va elektronlar) ning paydo bo'lishidir.
Ionlashishning mohiyati neytral molekuladan elektronlarni yo'nib olish va erkin elektronlarning bir qismini neytral molekula va atomlarga biriktirishdadir. Buning natijasida bir yoki bir necha elektronlarini yo'qotgan niolekulalar musbat ionlarga, bir yoki bir nechta elektronlarni biriktirib olgan molekulalar esa elektr manfiy ionlarga aylanadi.
Yaqinida ionlashgan gazning nurlanishidan hosil bo'ladigan elektrod tojlantiruvchi elektrod, tojlantiruvchi elektrodga yondashgan nurlanuvchi zona tojlantiruvchi qatlam deyiladi.
Tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasi faqat bir xil ishorali zaryadga ega. Bu tojlantiruvchi elektrodning qarama-qarshi ionlarni yutib, bir xil zaryadli ionlarning esa tashqi zonaga.itarilib, qarama- qarshi (yerga ulangan) elektrodga tomon yo'nalishi bilan tushuntiriladi. Agar tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasiga mineral zarra joylashtirilsa, unga zaryadlangan ionlar yutiladi. Zarraga o'mashgan ionlar qancha ko'p bo'lsa, zarra shuncha ko'p zaryad oladi.
Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta'sirlashish orqali elektriashtirish. Ma'lum sharoitda bir-biriga ishqalanish natijasida barcha fizik jismlar o'lchami va ishqalanish zaryadining ishorasi turlicha bo'lib elektrianadi. Bitta jismning o'zi boshqa, unga ishqalanuvchi jismning fizik xossalariga qarab o'lchami va ishorasi turlicha zaiyad olishi mumkin. Masalan, metallar shishaga ishqalanganda manfiy, kauchukka ishqalanganda esa musbat elektrianadi. Har xil turdagi jismlar bir-biriga ishqalanganda ular o'lchami bir xil, ishorasi har xil elektr zaryadlari bilan zaryadlanadi.
Mineral zarralarning ishqalanish orqali elektrlanishi ularning elektrostatik maydonda o'zini turlicha tutishi bilan tushuntiriladi.
Tajriba natijasida elektrostatik maydonda bir xil mineral zarralarning hamma vaqt musbat zaryadlangan, boshqalarning esa manfiy zaryadlangan elektrod tomonga og'ishini, minerallarning bir qismini esa elektrodlar qutblanishini sezmasligi aniqlangan. Bu birinchi va ikkinchi turdagi minerallarning ular og'adigan elektrodning ishorasiga teskari truboelektr zaryadi ishorasiga, og'ishmaydigan zarralar esa juda kichik ishqalanish zaryadiga ega ekanligini ko'rsatadi.
Mineral zarralarni, shuningdek, zaryadlangan elektrod bilan to'qnashtirib ham elektriashtirish mumkin. Turli xil elektr o'tkazuv­chanlikka ega zarralar zaryadlangan elektrod bilan to'qnashganda ular turli kattalikdagi zaryadlarni oladi. Nisbatan yuqori elektr o'tkazuvchanlikka ega minerallar birozdan so'ng elektrod bilan bir xil ishoiali zaryad oladi, dielektrik zarralar esa elektrodga tortilgancha qoladi. Zaryadlangan yuzada elektr o'tkazuvchi va dielektrik minerallarning o'zini turlicha tutishi ularni elektr maydonida ajratishda keng ishlatiladi.
Mineral zarralarni zaryadlashning boshqa usullari elektr usulida boyitish amaliyotida ko'p tarqalmagan.



Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling