Elektr va magnetizm 25-ma’ruza Magnit zanjirlari. Magnit oqimining tarmoqlanishi


Download 0.5 Mb.
bet3/5
Sana23.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1113814
1   2   3   4   5
Bog'liq
25-mavzu

Ф1 = εm / rm1, Ф2 = εm / rm2 bu yerda rm1 va rm2 oqimlar o’tayotgan uchastkalarning qarshiliklari. Ф = Ф1+Ф2 bo’lganligi uchun: Ф = εm (1/ rm1+1/ rm2) = εm / Rm
bundan parallel ulangan uchastkalarning Rm to’la magnit qarshiligi parallel ulangan o’tkazgichlarning to’la qarshiligi singari,
1/ Rm = 1/ rm1+1/ rm2
munosabatdan aniqlanadi degan xulosaga kelamiz.

2. Magnit zanjiri uchun Kirxgof tenglamalari.
Murakkab magnit zanjirini hisoblash uchun elektr zanjiri uchun yozilgan Kirxgof tenglamalariga o’xshash tenglamalardan foydalaniladi. 3-rasmda parallel ulangan uchastkalari bo’lgan zanjir tasvirlangan. Oqim tarmoqlanayotgan har bir joyda kelayotgan oqim kattaligi shu yerdan ketayotgan oqimlarning yig’indisiga teng; agar kelayotgan oqimlarni musbat, ketayotgan oqimlarni manfiy deb hisoblashga shartlashsak, har bir tarmoqlangan joyi (“tugun”) uchun quyidagi shart bajariladi: “tugun”dagi oqimlarning yig’indisi nolga teng, ya’ni
Σ Ф = 0 (8)
bu ifoda tarmoqlangan toklar zanjiri uchun yozilgan Kirxgofning birinchi qonuniga o’xshaydi.
Agar magnit zanjirida birorta berk kontur ajratib, unga H vektorning sirkulatsiyasini tatbiq etsak, quyidagi kelib chiqadi:
Σ H l = Σ N I (9)
bu yerda yig’indi berk konturning barcha uchastkalariga tegishli: Σ Ni yig’indi kontur o’rab olgan o’ramlar soni bilan shu o’ramlardagi tok kuchi ko’paytmasining yig’indisini bildiradi; agar konturni tok hosil qilayotgan maydon bo’ylab aylanilsa Ni ni musbat deb, teskari aylanilsa manfiy deb hisoblash lozim. Maydon kuchlanganligini oqim orqali ifodalaylik:
H = Ф / µµ0S
(9) ifodani quyidagi ko’rinishda yozamiz:
3-rasm. Magnit zanjiri tarmoqlangan elektromagnit
Σ Ф l / µµ0S = Σ N i yoki Σ Ф rm = Σ εm (10)
bu munosabat Kirxgof tenglamalarining ikkinchi sistemasiga o’xshaydi: berk zanjir uchun magnit oqimlari bilan magnit qarshiliklar ko’paytmalarining yig’in-disi zanjirdagi magnit yurituvchi kuchlarning yig’indisiga teng.
Magnit oqimning tarmoqlanishini va Kirxgof qonunining qo’llanilishini boshqa sxemalarda ham ko’rsatishimiz mumukin. Masalan quyidagi sxemani ko’raylik:
Magnit zanjiri qonunlari bilan elektr zanjiri qonunlari orasidagi o’xshashlik sof rasmiy xarakterga ega ekanligini, magnit qonunlardagi fizik hodisalar orasida hech qanday umumiyat yo’q ekanlgini qayd qilib o’tish juda muhimdir.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling