Elektr va magnetizm 25-ma’ruza Magnit zanjirlari. Magnit oqimining tarmoqlanishi


Download 0.5 Mb.
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1113814
  1   2   3   4   5
Bog'liq
25-mavzu


ELEKTR VA MAGNETIZM
25-ma’ruza
Magnit zanjirlari.Magnit oqimining tarmoqlanishi
Umumiy fizika kafedrasi dotsenti: Nurmatov N.A.

Mavzu rejasi:

  • Magnit zanjirlari. Elektromagnitlar. Magnit zanjir turlari.
  • Magnit oqimining tarmoqlanishi. Magnit oqimi uchun Kirxgof qonuni.
  • Magnit oqimidan texnikada foydalanish. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok generatori va dvigatellari.

Magnit zanjirlari.
Hozirgi zamon elektrotexnikasida magnit oqimidan keng foydalaniladi. Elektromagnitlar, kuchli tok generatorlari, elektrodvigatellar, transformatorlar va ko’pgina o’lchov asboblarining ishlashi ularda magnit oqim bo’lishiga asoslangan. Magnit oqimini kuchaytirish uchun ferromagnit materiallardan ishlatiladi.Kerakli kattaligdagi magnit oqimlar hosil qilish va ularni istalgan yo’nalishda yo’naltirish uchun ferromagnit materialdan turli shakl va o’lchamdagi jisimlar yasash kifoyadir. Ichidan magnit induksiya yopiq chiziqlari o’tadigan jismlar to’plami magnit zanjiri deyiladi. Agar oqim bir muhitdan ikkinchi muhitga to’liq o’tsa, birinchi va ikkinchi muhitdagi magnit induksiya oqimlari ketma-ket ulangan deyiladi; agar oqim alohida qismlarga tarmoqlansa va qismlar yana qaytib bir-birlariga qo’shilsa, oqimlarning ana shu tarmoqlari parallel ulangan bo’ladi.
Dastavval oddiy yoki tarmoqlanmagan magnit zanjirini ko’rib chiqamiz (1-rasm). Bu zanjir ikki qismdan, magnit sindiruvchanligi µ bo’lgan materialdan qilingan kesimi S bo’lgan yarmo va magnit sindiruvchanligi µ1 bo’lgan o’shanday kesimli havo oraliqdan iborat deb hisoblaymiz.
1-rasm. Tarmoqlanmagan magnit zanjiri va unga mos elektr zanjiri:
So’ngra indusiya o’rta chizig’i ajratamiz va unga magnit kuchlanish to’g’risidagi teoremani tadbiq qilamiz:
H l + H1 l1 = N i (1)
bunda H- yarmo ichidagi maydon kuchlanganligi, H1– havo oraliqdagi maydon kuchlanganligi, l – yarmoning induksiya o’rta chizig’i bo’yicha o’lchangan uzunligi, l1 – havo oralig’i uzunligi, N – chulg’amdagi o’ramlar soni va i –tok kuchi. Induksiya chiziqlari uzluksiz bo’lganligi tufayli yarmo ichidagi va havo oraliq ichi-dagi magnit oqim Ф ning qiymati bir xil bo’ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling