Elektr xavfsizligi asoslari


-jadval Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun berilgan variantlar


Download 4.71 Mb.
bet14/41
Sana26.10.2023
Hajmi4.71 Mb.
#1724122
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
EXA AMALIYOT

1-jadval
Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun berilgan variantlar.



N

R

D



N

R

D

1.

5

100

15

21.

3

118

14

2.

10

104

10

22.

5

119

10

3.

4

107

11

23.

2

90

7

4.

5

110

12

24.

6

110

12

5.

5

95

10

25.

4

91

7

6.

3

105

15

26.

7

121

10

7.

6

108

13

27.

3

92

7

8.

7

120

14

28.

5

122

12

9.

4

115

15

29.

3

93

7

10.

5

113

10

30.

6

125

10

11.

4

114

14

31.

3

96

7

12.

3

99

10

32.

6

123

15

13.

2

94

10

33.

3

97

7

14.

7

112

14

34.

7

124

15

15.

5

111

12

35.

6

126

7

16.

4

108

9

36.

5

127

15

17.

4

98

8

37

5

128

7

18.

6

106

15

38

4

129

10

19

4

108

12

39

3

98

8

20

5

100

10

40

5

120

10


2 - AMALIY MASHG‘ULOT


Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy zararning hisobini tahlil qilish. Naryad va farmoyish berish


Mashg‘ulotning maqsadi: Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy zararning hisobini tahlil qilish va jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.


Mashg‘ulotning rejasi:

  1. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning sabablari.

  2. Jarohatlanishlar va kasallanishiami tahlil qilish usullari.

  3. Mehnatni muhofaza qilishdagi iqtisodiy samaradorlik.

  4. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar keltirilgan zararning iqtisodiy hisobini tahlil qilish.

  5. Ishlab chiqarishda baxtsiz keltirilgan zararning iqtisodiy hisobini aniqlashga doir namunaviy misol.

  6. Amaliy mashg‘ulotni bajarishga doir variantlar.

  7. Sinov savollari.



Tayanch so‘zlar va iboralar: moddiy zarar, jamiyat, davlatimiz iqtisodiyoti, malakali kadrlar, nafaqa miqdori, o‘rtacha kunlik ish haqi, ishga yaroqsiz kunlar, xarajatlar, ma’naviy va ijtimoiy zararlar yig‘indisi.



  1. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning sabablari

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda quyidagilarga birlashtirish mumkin: texnik, tashkiliy, sanitariya- gigienik, psixofiziologik, iqtisodiy va xodimning aybi bilan yuz beradigan kasalliklar.
Texnik sabablar: uskuna va moslamalarning, to‘siq qurilmalarning, tormoz tizimining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik tizimining zich emasligi tufayli kelib chiqadi.
Tashkiliy sabablar: ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar bilan yetarli ta’minlanmaganligi, yuk ko‘tarish vositalari, bog‘lab qo‘yuvchi moslamalarning yo‘qligi, yo‘l-yo‘riqning o‘z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish ishlarining sust olib borilganligi, mehnat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalarning yo‘qligi, ishchilarning o‘z vaqtida maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmaganligi, dam olish va mehnat qilish tartibining bo‘zilishi tufayli kelib chiqadi.
Sanitariya-gigiena sabablariga: ish joyidagi noqulay mikroiqlim (harorat, havoning namligi va harakat tezligi parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq kelmasligi), yoritilganlik darajasining QM va Q talablariga javob bermasligi, ish joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarning (yechinish, yuvinish- cho‘milish xonalari, hojatxona va boshq.) yo‘qligi natijasida kelib chiqadi.
Ruhiy holat sabablarga: ishning hamisha bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli zo‘riqishi, kishi organizmiga ish joyining ruhiy anatomik fiziologik Jihatdan mos kelmasligi, charchashi, jamoatchilik orasidagi nosog‘lom muhit tufayli kelib chiqadi.
Iqtisodiy sabablar: mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek, oylik maoshlami o‘z vaqtida bermaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga yetarli mablag‘ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi.
Ishchining aybi bilan sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar qatoriga: ishchining intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi.



  1. Jarohatlanishlar va kasallanishiami tahlil qilish usullari

Ishlab chiqarishdagi jarohatlami tahlil qilishdan maqsad, xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillarini va baxtsiz hodisalarning vujudga kelishini aniqlash hamda ularni oldini olishga doir chora tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.


Qishloq xo‘jaligida jarohatlanishni o‘rganish va tahlil qilishda statistik, topografik, monografik, ergonomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning har biri mehnat sharoitini yaxshilashga va xavfsizlikni ta’minlashga doir tor doiradagi masalalarni kо‘rib chiqish va hal qilishga yo‘naltirilgan.
Jarohatlanishni o‘rganishning statistik usuli eng ko‘p tarqalgan. Bu usul baxtsiz hodisani tekshirish paytida N-l shaklda dalolatnomadagi baxtsiz hodisalarni tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi. Shu usulga ko‘ra barcha baxtsiz hodisalar alohida belgilari: jarohatlanganlarning yoshi, kasbi, jinsi, bajaradigan ishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu usul kasblar, yosh va boshqa ko‘rsatkichlar qanchalik xavfli ekanligini aniqlashga, shuningdek, jarohatlanishning oldini olishga doir chora tadbirlar ko‘rishga imkon beradi. Ushbu usul orqali jarohatlanishning quyidagi asosiy nisbiy ko‘rsatkichlari: tez-tez: takrorlanish koeffisienti, Km va og‘irlik koeffisienti, Koq ish vaqtinshg yo‘qotilishi, KH va o‘lim sonini ko‘rsatuvchi koeffitsentlar, Ko‘- orqali jarohatlanshi darajasini aniqlash mumkin.
Tahlilga kirishishdan oldin boshlang‘ich hujjatlarni tekshirish va tayyorlash lozim. Dastlab ishlab chiqarish to‘liq hisobga olinganligi aniqlanadi. Buning uchun baxtsiz hodisalami tekshirish tavsifnomalari buxgalteriyadagi mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan taqqoslanadi. Bu varaqalarda ko‘rsatilgan diagnozlar bilan tanishish korxonada jarohatlanishlarni yashirish hollari bo‘lgan bo‘lmaganligini aniqlashga imkon beradi. Shundan keyin tavsifnomalarda bayon qilingan hodisalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinadi, shubha tug‘dirgan yozuvlar baxtsiz hodisa ro‘y bergan joyda tekshirib ko‘riladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim punktlarni noto‘g‘ri yoki noaniq to‘ldirish, noto‘g‘ri xulosalar chiqarishga va buning oqibatida baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotishga olib keladi. Jarohatlanishlarning tez-tez takrorlanish koeffisienti,

bu yerda: Tt - tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soni;
R - shu davr oralig‘ida ishlagan ishchilarning о‘rtacha soni.
Lekin jarohatlanishlami tez-tez takrorlanish koeffisienti olingan jarohatning og‘ir yengilligini ko‘rsatmaydi. Bir korxonada baxtsiz hodisalarning aksariyatida yengil jarohat olgan va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan kishi kunlar soni eng kam, boshqa korxonada esa baxtsiz hodisalarda asosan og‘ir jarohat olgan eng ko‘p bo‘lishi mumkin. Jarohatlanish darajasiga baho berishda bo‘larni, albatta, e’tiborga olish kerak. Shu maqsadlarda jarohatlanishning og‘irlik koeffisienti ko‘rsatkichi qo‘llaniladi, u bir baxtsiz hodisaga qancha mehnat qobiliyati yo‘qotilganligini ko‘rsatadi.
Jarohatlanishlarning og‘irlik koeffisienti Kog‘ hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar sonini tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.

bu yerda: Dya - hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar soni.
Ish vaqtini yo‘qotish koeffisienti Ky 1000 kishi hisobiga hisob-kitob qilinadi va quyidagicha aniqlanadi:

O‘lim miqdorini ko‘rsatuvchi koeffisient Кo‘ o‘zicha o‘lim bilan tugagan hodisalarning Io‘ sonini 104 ga ko‘paytmasini o‘rtacha ishchilar soniga nisbatidir:

Topografik usulda baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joy aniqlanadi. Buning uchun xo‘jalikniig (bo‘lim, fermer xo‘jaligi, brigada va boshq.) bosh rejasida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joy shartli belgi bilan belgilanadi. Bunda baxtsiz hodisalar tez takrorlanadigan joylar yaqqol ko‘zga tashlanadi, bu esa ularning sodir bo‘lish sabablarini yo‘qotishga doir shoshilinch choralar ko‘rishga imkon beradi.
Monografik usulda aniq ish joyi, uchastka, uskuna, mashina, mexanizm yoki texnologik jarayonda yo‘zaga kelgan xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillari tahlil qilinadi. Bu usuldan foydalanib, baxtsiz hodisa sodir bo‘lgandagi barcha holatlami (ish joyidagi mikroiqlim, shovqin, titrash va boshq.) chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, usul yangidan loyihalanayotgan yoki ta’mirlanayotgan korxonalarda mehnat xavfsizligiga doir chora tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.
Ergonomik usulda mehnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning (mashina, mexanizmning boshqarish organlarida zo‘riqish, ishchining ish bajarayotgandagi holati va boshq.) mehnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
Iqtisodiy usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek mehnat xavfsizligi chora tadbirlariga sarflangan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanganligi baxtsiz hodisalarning oldini olishga ketgan xarajatlarning samaradorligi aniqlanadi. Jarohatlanish darajasi korxonaning iqtisodiga ta’sirini baholashda jarohatlanish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, sifatsiz mahsulotlar va mehnat unumdorligining pasayishidan ko‘rilgan zararlar va boshqa xarajatlar e’tiborga olinadi. Lekin bu usul baxtsiz hodisaning sabablarini aniqlashga imkon bermaydi, shuning uchun bu qo‘shimcha usul hisoblanadi.


  1. Download 4.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling