Elektr xavfsizligi asoslari
Jabrlangan kishida nafas olish yoki puls urishi singari tirikligini bildiruvchi alomatlar bo
Download 4.71 Mb.
|
EXA AMALIYOT
Jabrlangan kishida nafas olish yoki puls urishi singari tirikligini bildiruvchi alomatlar bo‘lmasa uni o‘lgan deb hisoblash va unga yordam ko‘rsatishdan bosh tortib bo‘lmaydi, jabrlangan kishini hushiga keltirish va unga yordam ko‘rsatishning maqsadga muvofiqligi masalasini va uning o‘lganligi haqidagi xulosani berishga faqat shifokorgina hal qilish huquqiga egadir.
Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatishda elektr tokidan jaroxatlanganlarga o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatilishi ayniqsa muhimdir. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarda ishlovchi barcha xodimlar kasb bo‘yicha o‘qitilishi bilan bir qatorda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan o‘tishlari hamda vaqti-vaqti bilan birinchi yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha yo‘riqnomaviy mashg‘ulotlardan o‘tishlari lozim. Mashg‘ulotlarni tibbiy xodimlar jumlasidan bo‘lgan puxta bilimlarga ega xizmatchilar bilan birgalikda korxonaning (tashkilotning) muxandis-texnik xodimlari o‘tishlari kerak. Korxonaning har bir xodimi o‘zining kasbiy vazifalarini qanday moxirona bajarsa, birinchi yordamni xam shunday ko‘rsata bilishi kerak, shuning uchun ham kasbiy mahoratga va shifokordan oldin yordam ko‘rsatishni bilishga qo‘yiladigan talablar bir xil bo‘lishi lozim. Birinchi yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilishi va samarali bo‘lishi uchun doimiy navbatchilik joylarida quyidagilar bo‘lishi kerak: birinchi yordam ko‘rsatish uchun kerakli dori darmonlar va tibbiy buyumlar to‘plami solingan tibbiy yordam qutichalari (yoki korxona hududidan tashqarida ishlanganda brigadirlarda turadigan birinchi yordam xaltalari); ko‘rinadigan joylarda osiladigan baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massaj qilish usullari tasvirlangan plakatlar; birinchi yordam qutichalarini va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini topishni osonlashtiruvchi ko‘rsatkich taxtachalari va belgilari. Ishlar begona tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilganda ushbu tashkilotlarning xodimlariga birinchi yordam qutichalari turgan va tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari joylashgan joylar ma’lum qilinishi kerak. Birinchi yordam ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etilishi uchun har bir korxonada, sexda, tumanda, tarmoq uchastkasida quyidagi chora tadbirlar bajarilishi lozim: Download 4.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling