Elektr xavfsizligi asoslari
Download 4.71 Mb.
|
EXA AMALIYOT
uyqu arteriyasida puls aniqlanmasa, bu holda sun’iy nafas oldirish uchun ikki marta havo puflanadi va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni boshlash kerak. Yurakka tashqi massaj o‘tkazish-Jabrlanuvchi nafas olmasa va uning uyqu arteriyasida puls aniqlanmasa unga yordam ko‘rsatayotganda faqat sun’iy nafas oldirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, chunki o‘pkadagi kislorod qon bilan boshqa organlar va to‘qimalarga o‘ta olmaydi. Bu holda sun’iy ravishda qon aylanishini tiklash kerak, buning uchun yurakka tashqi massaj o‘tkazish lozim. Odamning yuragi ko‘krak qafasida tush suyagi va umurtqa pog‘onasi o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Tush suyagi harakatchan yassi suyakdir. Odam chalqancha (qattiq sirtda) yotganida umurtqa pog‘onasi harakatsiz qattiq asos bo‘lib qoladi. Agar tush suyagi bosilsa, yurak tush suyagi va umurtqa qon tomirlarga siqib chiqariladi. Agar to‘sh suyagiga ilqib‑ilqib bosilsa, yurakdagi qonning siqib chiqarilishi huddi yurak tabiiy qisqarganida chiqqanidek o‘lchash bo‘ladi. Bu yurakka tashqi( bilvosita, yopiq) massaj o‘tkazish deb ataladi, bunda qon aylanishi sun’iy ravishda tiklanadi. SHunday qilib, sun’iy nafas oldirish yurakka tashqi massaj o‘tkazish bilan birgalikda amalga oshirilsa, nafas olish va qon aylanish funksiyalari amalga oshiriladi. Quyidagi: teri qatlamlarining oqarib yoki ko‘karib ketishi, hushini yo‘qotishi, uyqu arteriyalarida pulsning aniqlanmasligi, nafas olishning to‘xtab qolishi yoki entikib, to‘xtab-to‘xtab nafas olish alomatlarining birgalikdagi ko‘rinishi yurak faoliyatining to‘xtab qolganidan dalolat beradi va reanimatsion choro-tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Agar bitta odam yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa,u jabrlanuvchining yon tomoniga o‘rnashib oladi va engashib ikki marta (“og‘izdan-og‘izga” “og‘izdan-burunga” usuli bilan) tez havo puflaydi, so‘ngra qaddini rostlab, jabrlanuvchining shu tomonida qolib, bitta qo‘lining kaftini to‘sh suyagining pastki yarmiga, tagidagi uchidan ikki barmoq yuqoriroqqa qo‘yadi (26‑ va 27‑rasm), barmoqlarini esa sal ko‘taradi. Ikkinchi qo‘lining kaftini birinchi kaftining ustiga ko‘ndalang yoki uzunasiga qilib qo‘yib, engashgan gavdasi bilan yordam bergan holda bosadi. Bosganda qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Bosganda tez‑tez shunday siltab bosish kerakki, to‘sh suyagi 4-5 sm ga surilishi, bosim davomiyligi 0,5 soniyadan oshmasligi, alohida bosishlar oralig‘i ham 0,5 soniyadan oshmasligi kerak. Bosimlar oralig‘ida qo‘llar to‘sh suyagidan olinmaydi (agar ikki kishi yordam berayotgan bo‘lsa) barmoqlar ko‘tarilgan holatda bo‘lishi, qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida to‘liq to‘g‘rilangan bo‘lishi lozim. Agar jonlantirishni bitta odam o‘tkazayotgan bo‘lsa (28‑rasm), har ikki marta chuqur havo puflaganida to‘sh suyagini 15 marta bosishi kerak, so‘ngra yana ikki marta havo puflanadi va yana 15 marta to‘sh suyagini bosish kerak va h. Bir daqiqa ichida to‘sh suyugini kamida 60 marta bosish va 12 marta havo puflash, ya’ni 72 muolajani bajarish lozim, shuning uchun reanimatsion chora tadbirlarning sur’ati yuqori bo‘lishi kerak. Tajribaning ko‘rsatishicha, sun’iy nafas oldirishga ko‘proq vaqt sarflanadi. Havoni puflashda jabrlanuvchining Ko‘krak qafasi kengayishi bilan, havo puflashni to‘xtatish lozim. 28‑rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashki massajni bir kishi tomonidan o‘tkazilishi Reanimatsion chora tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa (29-rasm), «nafas oldirish - massaj qilish» nisbati 1:5 ni tashkil qiladi, ya’ni bitta chuqur havo puflanganidan so‘ng Ko‘krak qafasi besh marta bosilishi kerak. Jabrlanuvchiga sun’iy nafas oldirish vaqtida yurakka massaj qilayotgan kishi ko‘krak qafasini bosmay turadi, chunki ko‘krak qafasi bosilganidagi harakatlar havo puflanishidan kuchliroq bo‘ladi (havo puflanishida ko‘krak qafasining bosilishi sun’iy nafas oldirishni va demak reanimatsion chora-tadbirlarni samarasiz qilib qo‘yadi). Reanimatsion chora-tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotganda yordam ko‘rsatuvchi shaxslar har 10-15 daqiqada o‘rin almashib turishi maqsadga muvofiqdir. 29‑rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashki massajni ikki kishi tomonidan o‘tkazilishi Yurakka tashqi massaj to‘gri bajarilganda tush suyagining har bosilishida arteriyalarda puls paydo bo‘lishiga olib keladi. Yordam ko‘rsatuvchi shaxslar yurakka tashqi massajni to‘g‘ri va samarali o‘tkazilayotganligini uyqu va son arteriyalarida pulsning paydo bo‘lishi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishlari lozim. Jonlantirish bir kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u har 2 daqiqada uyqu arteriyasidagi pulsni aniqlash uchun yurakka massaj qilishni 2-3 soniyaga to‘xtatib turishi lozim (17-rasm). Agar jonlantirish ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uyqu arteriyasidagi puls sun’iy nafas oldirishni o‘tkazayotgan shaxs tomonidan nazorat qilinadi. Massaj qilish vaqtidagi tanaffusda pulsning paydo bo‘lishi yurak faoliyatining (qon aylanishining) tiklanganligidan dalolat beradi. Bunda yurakka massaj qilishni darxol to‘htatish, ammo sun’iy nafas oldirishni, jabrlanuvchi o‘zi barqaror mustaqil nafas olishiga qadar davom ettirish kerak. Puls paydo bo‘lmagan taqdirda yurakka massaj qilishni davom ettirish lozim. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashki massaj o‘tkazishni jabrlanuvchi o‘zi mustaqil nafas olishi va yurak faoliyati tiklanishiga qadar yoki uni tibbiyot xodimlari qaramog‘iga o‘tkazilishiga qadar amalga oshirish lozim. Agar reanimatsion chora tadbirlar samarali o‘tkazilsa (tush suyagi bosilganda yirik arteriyalarda puls aniqlansa, ko‘z qorachig‘lari toraysa, teri qatlamlarining va shilliq pardalarining kukarganligi kamaysa), jabrlanuvchida nafas olish va yurak faoliyati tiklanadi. Organizm jonlanishining (mustaqil nafas olishi, ko‘z qorachig‘larining torayishi, jabrlanuvchi qo‘l oyoqlarini qimirlatishga harakat qilishi va boshqa) alomatlari paydo bo‘lib, uzoq vaqt davomida puls aniqlanmasa, bu yurak fibrillyasiyasidan dalolat beradi. Bu hollarda tibbiyot xodimlari qaramog‘iga topshirilishiga qadar jabrlanuvchiga sun’iy nafas oldirish va yuragiga massaj qilish muolajalarini davom ettirish zarur. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga o‘tkaziladigan reanimatsion chora tadbirlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bir yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yurak massaji bir qo‘lda o‘tkaziladi (30-rasm) va bolaning yoshiga qarab ko‘krak qafasi bir daqiqada 70dan 100 martagacha bosiladi, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga ikkita (ko‘rsatkich va bosh) barmoq yoki bolaning tanasini qolgan barmoqlar bilan quchoqlab olib ikkala qo‘lning bosh barmoqlari bilan to‘sh suyagining o‘rtasiga bir daqiqida 100 dan 120 martagacha bosiladi(31‑rasm).
Download 4.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling