Elektr xavfsizligi asoslari


Download 4.71 Mb.
bet6/41
Sana26.10.2023
Hajmi4.71 Mb.
#1724122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
EXA AMALIYOT

19-rasm. Ogiz va ogiz bo‘shlig‘ini tozalash

20-rasm. Suniy nafas oldirish vaqtida jabrlanuvchi boshining holati

Bunda tilning asosi kotarilib halqumga kirish yolini ochib beradi, jabrlanuvchining og‘zi esa ochiladi. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs jabrlanuvchining yuziga engashib, og‘zini ochib chuqur nafas oladi songra lablari bilan jabrlanuvchining og‘zini toliq yopib jabrlanuvchining og‘ziga havo yuborib tez nafas chiqaradi, shu bilan bir vaktda u jabrlanuvchining burnini yuzi bilan yoki peshonani ushlab turgan qolning barmoqlari bilan yopishi kerak (21-rasm)








21-rasm. Sun’iy nafas oldirishning «Og‘izdan-og‘izga» usuli

22-rasm. Sun’iy nafas oldirishning «Ogizdan-burunga» usuli

Bunda jabrlanuvchining ko‘tarilishi kerak bo‘lgan ko‘krak qafasini kuzatib turish lozim. Ko‘krak qafasi ko‘tarilishi bilan havo puflash to‘xtatiladi, yordam ko‘rsatuvchi shaxs boshini ko‘tarib, jabrlanuvchi asta sekin nafas chiqaradi. Nafas chiqarish yanada chuqurroq bo‘lishi uchun ko‘krak qafasini sekin bosgan holda jabrlanuvchining o‘pkasidan havo chiqishiga ko‘maklashish mumkin. Agar jabrlanuvchining pulsi yaxshi aniqlanayotgan va unga faqat sun’iy nafas oldirish kerak bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i 5 soniyani tashkil etishi kerak, bu bir daqiqada 12 marta nafas oldirishdan iboratdir.
Ko‘krak qafasi kengayishidan tashqari teri qatlamlarini va shillik pardalarning pushti rangga kirishi, hamda jabrlanuvchining behushlik holatidan chiqib o‘zi mustaqil nafas ola boshlashi, sun’iy nafas oldirish samaradorligini yaxshi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazishda yordam ko‘rsatuvchi shaxs puflanayotgan havoning jabrlanuvchini oshqozoniga emas, balki o‘pkasiga o‘tishini kuzatib turishi kerak. Qorinning shishishi havoning oshqozonga o‘tganidan dalolat beradi, bunda ko‘krak va kindik o‘rtasida qorin qo‘lning kafti bilan ehtiyotkorlik bilan asta sekin bosib eziladi. Bunda jabrlanuvchi qayt etishi mumkin, bunda uning og‘zi va haqumini tozalash uchun jabrlanuvchining boshi va yelkasini yon tomonga (yaxshisi chapga) burish kerak.
Agar jabrlanuvchining jag‘lari bir-biriga mahkam bosilgan bo‘lib uning og‘zini ochib bo‘lmasa, bu holda sun’iy nafas oldirishni «ogizdan-burunga» usuli bilan o‘tkazish kerak (22-rasm).
Jabrlanuvchi o‘zi mustaqil nafas ololmasa va uning pulsi aniqlanayotgan bo‘lsa, baxtsiz hodisa minoraning savatchasida, tayanchda yoki machtada ro‘y bergan bo‘lsa sun’iy nafas oldirishni o‘tirgan yoki turgan holatda o‘tkazish mumkin (23- va 24-rasm). Bunda jabrlanuvchining boshini imkoni boricha orqaga engashtiriladi yoki past jag‘i oldinga suriladi. Qolgan usullar xuddi oldingidek o‘tkaziladi.





2 4‑rasm.Ish joyida jabrlanuvchining turgan holatida sun’iy nafas oldirish

23‑rasm. Ish joyida jabrlanuvchining o‘tirgan holatida
sun’iy nafas oldirish

Kichkina bolalarga havoni puflaganda bir vaqtda o‘zining og‘zi bilan bolaning burnini ham yopib, ham og‘ziga ham burniga havo puflanadi (25-rasm). Bola qanchalik kichkina bo‘lsa, nafas olganida unga puflanadigan havo shunchalik kam bo‘lishi kerak va katta odamga nisbatan ko‘proq marta havo puflanishi lozim (bir daqiqada 15-18 marta). Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa katta odamning og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yetarli bo‘ladi. SHuning uchun bolaning nafas olish yo‘llari shikastlanmasligi uchun unga havoni juda keskin emas va to‘liq bo‘l magan hajmda puflash kerak


Download 4.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling