Elektr xavfsizligi asoslari


Apparat kontaktlarining ulangan holati


Download 4.71 Mb.
bet33/41
Sana26.10.2023
Hajmi4.71 Mb.
#1724122
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
EXA AMALIYOT

Apparat kontaktlarining ulangan holati. Apparat kontaktlarining elektr zanjirining uzluksizligini va kerakli kontakt bosimini ta’minlovchi holati.

  • Apparat kontaktlarining uzilgan holati. Apparat kontaktlari orasida kerakli izolyatsiya oralig‘i ta’minlangandagi holat.

  • Kommutatsiya operatsiyasi. Kontaktli apparatning bir kommutatsiya holatidan ikkinchisiga diskret o‘tishi.

  • Apparatning ulanish vaqti. Kommutatsiya apparatini ulash uchun signal berilgan paytdan boshlab asosiy zanjirda tok o‘tishi uchun kerakli sharoitlar mavjud bo‘lganga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i.

  • Kontaktli apparat uzilishining xususiy vaqti. Kommutatsiya apparatini uzish uchun signal berilgan vaqtdan boshlab oxirgi ajralgan qutb kontaktning tutashishiga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i.

  • Zanjir uzilishining to‘la vaqti. Kommutatsiya apparatini uzish uchun signal berilgan paytdan apparatning hamma qutblarida tok yo‘qolgan paytgacha o‘tgan vaqt oralig‘i.

  • Kommutatsiya apparatining kommutatsion qobiliyati. Elektr zanjirni berilgan sharoitlarda shikastlanmasdan ma’lum marta kommutatsiya qilish qobiliyati.

  • Kommutatsiya apparatining ulash qobiliyati. Apparatning zanjirni ulashdagi kommutatsion qobiliyati.

  • Kommutatsiya apparatining uzish qobiliyati. Apparatning zanjirni uzishdagi kommutatsion qobiliyati.

  • Uzish toki. Apparat uzadigan zanjirdagi tokning ma’lum vaqtdagi kutilgan qiymati.

  • Apparatning tashqi toklarga chidamliligi. Apparatning berilgan tokni ma’lum vaqt davomida shikastlanmasdan o‘tkazish qobiliyati.

  • Tiklanuvchi kuchlanish. Kommutatsiya apparatidagi bir qutbning kontaktlarida o‘tkinchi jarayonda yoy sundirilgandan sung hosil bo‘lgan kuchlanish.

    3.2. O‘lchov transformatorlari



    1. Tok, kuchlanish transformatori. Normal sharoitda ikkilamchi toki, ikkilamchi kuchlanishi birlamchi tokiga, birlamchi kuchlanishiga deyarli proporsional va unga nisbatan fazasi nol gradusga yaqin bo‘ladigan transformator.


    2. Download 4.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling