Elektr yuritma orqali texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish Reja; Umumiy tushunchalar
Ochiq sistemali avtomatik boshqarish sxemalari
Download 1.84 Mb.
|
5.1 Elektr yuritma orqali texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Ochiq sistemali avtomatik boshqarish sxemalari
7.1- rasmda qisqa tutashtirilgan rotorh asinxron motorni mag nit ishga tushirgich bilan bir tomonga boshqariladigan sxema ko'rsatilgan. Bunda xavfsizhk qoidasiga muvofiq, motorni ishlatish paytidagina rubilnik R ulanadi, boshqa paytlarda esa ajratilib qo'yiladi. Shu sababh motorni ishga tushirish uchun S2 tugmasini bosish kifoya. Bunda quyidagidan iborat boshqarish zanjiri hosil bo'ladi: birinchi faza, issiqlik relelarining ajratuvchi KKl va KK2 kontaktlari, kontaktoming qo'zg'atuvchi KM l chulg'ami, S2 tugmasini tutashtiruvchi kontakt, to'xtatish 6*1 tugmasini ajratuv chi kontakt va ikkinchi faza. Natijada magnitli ishga tushirgichning .O /g'altagi qo'zg'atihb, uning bosh kontaktlari ATMbilan motor elektr tarmog'iga ulanadi. Bunda kontaktoming blok-kontakti KM bilan S 2 tugmasi shuntlanishi sababli, uni bir onda bosib, so'ngra bo'shatilsa ham motoming boshqarish zanjiri elektr tarmog'idan uzilmaydi. Motorni to'xtatish uchun S l tugmasini bosish kifoya. Elektr tarmog'idagi kuchlanish biror sababga ko'ra keskin kama- yib yoki yo'q bo'hb qolsa, u holda ishlab turgan motor o'z- o'zidan to'xtab qoladi. Ammo kuchlanishning qiymati tiklanganda ham u o'z-o‘zidan ishga tusha olmaydi. Motorni ishga tushirish uchun S2 tugmasini qayta bosish kerak. Demak, magnith ishga tushirgichga ega sxema nol kuchlanish xavfidan himoyalangan bo'ladi. Sxemadagi issiqlik relesi KKl va KK2 motomi uzoq muddatli o'ta yuklanishi natijasida haddan tashqari qizib ketishdan himoyalaydi. Agar bu relening qizish elementi haddan tashqari qizib ketsa, u holda relening ajratuvchi kontaktlari KKl va KK2 kontaktor KM chulg'amini toksiz qoldiradi va natijada motor elektr tarmog'idan ajratiladi. 7.2- a rasmda reversiv rejimda ishlaydigan asinxron motomi avtomatik boshqarish sxemasi ko'rsatilgan. Bunda а - bosh zanjir, b va d - boshqarish zanjirlarining sxemalari; KM O‘ va KMCh motomi o'ng va chap tomonlarga boshqaruvchi kontaktorlar; SB 2 va SB3 motomi o'ng va chap tomonlarga aylantirish uchun buyruq beruvchi tugmalar. Motoming aylanish yo'nalishini o'zgartirib boshqarish uchun KM О ‘ va KMCh kontaktorlaridan iborat reversiv magnith ishga tushirgichdan foydalaniladi. Reversiv magnith ishga tushirgichdagi kontaktorlar bir ramaga o'matilgan bo'hb, ular mexanik blokirov kaga ega bo'lishi shart. Agar biror sababga ko'ra, bu kontaktor- laming asosiy kontaktlari bir vaqtda tutashib qolsa, u holda bosh zanjiming A va С fazalari o'zaro qisqa tutashib katta avariya sodir bo'lishi mumkin. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun boshqarish zanjiriga elektr blokirovka, ya’ni ATA/O'kontaktori zanjiriga KMCh kontaktorining blok kontakti KMCh, KMCh kontaktorining zanjiriga esa, KM О ‘ kontaktorining blok-kontakti KMО ‘ kiritiladi (7.2- b rasm). Natijada, motoming o'ng yoki chap tomonga aylantirish uchun buyruq berilganda uni teskari tomonga ulab ishga tushiruvchi kontaktor zanjiri K M O ‘ va KMCh blok kontaktori bilan ochilib qoladi. 7.2- d rasmdagi sxemada boshqa xil elektr blokirovka ko'rsatilgan. Bunda o'ng tomonga aylantirish tugmasi bosilganda, uning ajratuvchi KM O‘ kontakti chulg'am KMCh zanjirini ochib qo‘yadi va aksincha. Shu sababli bu sxemada ham ikkala tugma tasodifan bir paytda bosihb qolsa, motor elektr tarmog'iga ulana olmaydi va, demak, avariya sodir bo'lmaydi. Bu sxemada bir tomonga aylanib turgan motorni teskari tomonga aylantirish uchun o'sha tomon tugmasini bosish mumkin. 7.2- b rasmdagi sxemada esa, motorni teskari tomonga aylantirish uchun dastawal uni to'xtatish, so'ngra boshqa tomon tugmasini bosish kerak. Elektr blokirovkalarda ajratuvchi kontaktlar biror sababga ko'ra zanjimi ajratmay qo'yishi mumkin. Shuning uchun reversiv magnitli ishga tushirgich bilan boshqariluvchi sxemaning ishi ishonchli bo'lishi uchun elektr blokirovkadan tashqari, mexanik blokirovkadan ham foydalaniladi. Bu ikkala kontaktoming qo'zg'a- luvchi kontakt sistemalari bir-biriga maxsus richag bilan bog'langan bo'lib, ular bir vaqtda tutasha olmaydi. Agar boshqarish sistemasi faqat mexanik blokirovkaga ega bo'lsa, u holda bir tomonga aylanib turgan motorni teskari tomonga aylantirish uchun, dastawal, uni to'xtatish tugmasini bosib to'xtatish, so'ngra teskari tomon tug- masini bosish lozim. Agar yanghshib, motomi to'xtatmasdan turib teskari tomon tugmasi bosilsa, kontaktor chulg'amidan tok o‘ti- shiga qaramasdan, u o'z yakorini torta olmaydi. Teskari tomon tugmasi uzoq vaqt yoki ketma-ket bosilaversa, kontaktoming chulg'amidan katta qiymatli tok o'tib, kuydirishi mumkin. Shu sababli reversiv magnith ishga tushirgich sxemalarida mexanik blokirovkadan tashqari 7.2- b va d rasmlarda ko'rsatilgan elektr blokirovkadan ham foydalanish zarur. 7.3- rasmda elektr mexanik blokirovkalarga ega bo'lgan ikki chastotah reversiv asinxron motor ni boshqarish sxemasi ko'rsatilgan. Bunda motomi o'ng tomonga katta chastotada aylantirish uchun KM О ‘ va KTEZ tugmalarini bosish lozim. Motomi yuqori chastotadan past chastotaga o'tkazish uchun KPAST tugmasini bosish kifoya. Motomi reverslash uchun KMCh tugmasi bosiladi. Bunda motomi reverslash uchun KMCh tugmasi bosiladi. Bunda motor dastawal teskari ulanish rejimida tezda tormozlanib to'xtaydi va so'ngra teskari tomonga motor rejimida aylana boshlaydi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling