Elektr yuritma va boshqarish apparaturasi
Download 1.08 Mb.
|
1.Elektr yuritma va boshqarish apparat va qurilmalari, ishlash prinsipi ,ularni hisoblash va tanlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinamik moment
Inersiya momenti J yordamida harakatdagi massalarning taosiri tufayli xosil bo‘lgan energetik jarayonlarning miqdoriy xisobi olib boriladi. Agar m massali jism tezlik bilan to‘g‘ri chiziqli ilgarilama harakatda bo‘lsa, unda jismning kinetik energiya zaxirasi quyidagicha bo‘ladi:
A = m 2 / 2 J inersiya momentiga ega bo‘lgan va burchak tezligi bilan aylanib turgan jism uchun esa, kinetik energiya zaxirasi A = J 2 / 2 Siltash momentidan GD2 inersiya momentiga J o‘tish quyidagi formula orqali amalga oshiriladi. J=mr 2=(G/g) (D/2) 2 = GD 2/4g, bunda G va m - tegishli og‘irlik kuchi va massa, kG ; g-erkin tushish tezlanishi, 9, 8 m/s2 ; r va D - tegishli elektr yuritmadagi harakatlanuvchi qismlarning inersiya radiusi va diametri, m. Dinamik moment mexanizmning harakatdagi massalari tufayli yig‘ilgan kinetik energiyani aniqlaydi. Aylanayotgan massalarning, elektr yuritmani tezlanishi natijasida olayotgan yoki uning to‘xtatilishi natijasida berayotgan quvvati Rdin = dA/dt = J (d/dt) Ifodani bo‘lish orqali, dinamik moment uchun ifoda olinadi Mdin = Rdin/ = J(d/dt) (2.7) Dinamik moment, elektr yuritma harakatini tezlashishi yoki sekinlashishi natijasida xosil bo‘ladi va taosir qiladi. Burchak tezligining o‘zgarishi xam shu moment xisobiga amalga oshiriladi. Elektr yuritma mexanik qismini xisoblash sxemalariElektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qiluvchi elementlari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ular bir-birlariga tegishli taosir ko‘rsatadilar. SHuning uchun, u yoki bu elementning mexanik harakatini taxlil qilishda, unga yuritma kinematik sxemasining boshqa elementlarini taosirini xisobga olish zarur. Bu, harakati ko‘rib chiqilayotgan elementga mos ravishda, mexanik qismdagi barcha moment, kuch, inersiya momenti va massalarni qayta xisoblash orqali amalga oshiriladi. Bunday xisob, EYU nazariyasida keltirish operatsiyasi va qayta xisoblangan o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar esa keltirilgan kattaliklar deyiladi. Ko‘rsatilgan kattaliklarni EYU mexanik qismini istalgan elementiga keltirish mumkin, ammo odatda bunday element sifatida dvigatel vali olinadi. Keltirish operatsiyasining moxiyatini aniqlash uchun ko‘tarish chig‘iri yuritmasining kinematik sxemasi ko‘rsatilgan 2.2, a-rasmga murojaat qilamiz. Dvigatel ED, ulovchi mufta M1, reduktor R va mufta M2 orqali kanat K o‘ralgan barabanni B aylantiradi. Kanatga chig‘ir ilmog‘i I (mexanizmining ijro organi) maxkamlangan, unga m massali yuk osiladi. EYUning yuklamasi og‘irlik kuchi, xamda harakatdagi qismlarning ishqalanishi bilan aniqlanadi. 2.2, a-rasmdagi barcha moment, kuch, inersiya momenti va massalarni dvigatel valiga keltirilgandan so‘ng ekvivalent xisoblash sxemasiga ega bo‘lamiz. Bu sxemaning (2.2, b-rasm) asosi dvigatel bo‘lib, real sxemaning qolgan elementlari statik moment Ms (keltirilgan yuklama yoki qarshilik momenti) va keltirilgan inersiya momenti J bilan ifodalanadi.2.2, b-rasmdagi sxema bir massali tizim yoki bikr keltirilgan mexanik bo‘g‘in nomi bilan xam ataladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling