Elektr yuritma va boshqarish apparaturasi


Inersiya momentlari va elementlar massalarni keltirish


Download 1.08 Mb.
bet13/14
Sana27.03.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1300725
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1.Elektr yuritma va boshqarish apparat va qurilmalari, ishlash prinsipi ,ularni hisoblash va tanlash.

Inersiya momentlari va elementlar massalarni keltirish real va ekvivalent sxemalardagi kinetik energiya zaxiralarining tengligiga asoslanib amalga oshiriladi
J  2/2 = Jd2/2 + Jbb 2/2 + mio2/2,
bundan
J = Jd +Jb b 2/ 2+mvio2/ 2=Jd+Jb/i 2+m 2 (2.12)

ni aniqlaymiz, bunda J - dvigatel valiga keltirilgan MUQ elementlarining inersiya momentlari; Jd - dvigatel, M1 mufta va Z1 shesterna inersiya momenti; Jb - Z2 shesterna, M2 mufta va B baraban inersiya momenti. Olingan natijani umumlashtirib, shunday xulosa qilish mumkin;


a) aylanma harakatdagi elementlarning inersiya momentlarini Jio dvigatel valiga keltirish uchun, inersiya momentini dvigatel va ushbu element orasidagi kinematik zanjir qismining uzatish sonini i kvadratiga bo‘lish kerak. Unda keltirilgan umumiy inersiya momenti
J = Jd + Jio/i 2
b) ilgarilama harakatdagi elementning massasini m keltirish uchun massani dvigatel bilan ushbu element orasidagi kinematik zanjir qismining keltirish radiusining r kvadratiga ko‘paytirish kerak. Umumiy inersiya momenti
J = Jd + Jio/i 2+ m r 2
Amalda, ko‘pchilik xisoblarda EYU mexanik qismining keltirilgan inersiya momenti quyidagiga teng qilib olinadi:
Jm = (0, 2  0, 3) Jd
Elektr yuklama va ish mashinasidan samarah foydalanish yo‘li bilan mehnat unumini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish uchun elektr motorini ishga tushirish, tormozlab to'xtatish, reverslash kabi o'tkinchi rejimlami va turg'un chastotada aylanish jarayonlarini eng yaxshi ko'rsatkichlar bilan, ya’ni optimal suratda o'tkazish zarur. Buning uchun elektr yuritmalarini avtomat- lashtirish lozim. Elektr yuritmalarini avtomatlashtirish ayniqsa, ulaming qisqa muddatli ish rejimlarida katta ahamiyatga ega. Haqiqatan, bunday rejimda ishlaydigan, masalan, bo'ylama randalash stanoklari va prokat stanlari elektr yuritmalari ish siklining 30+ 40% ini o'tkinchi jarayonlar tashkil qiladi. Bunday ish mashinalari uchun avtomatlashtirilgan elektr yuritmadan foydalanilsa, elektr motorining optimal ko'rsatkichlari asosida avtomatik boshqarish natijasida o'tkinchi jarayonlar uchun keta- digan vaqt keskin kamayadi, texnologik jarayonni takomillash- tirishga imkoniyatlar yaratiladi. Elektr yuritmani avtomatlashtirish uchun boshqarish apparatlari asosida tuzilgan boshqarish sxema- laridan foydalaniladi. Avtomatik boshqarishda boshlang'ich buyruq operatoming tugmani bosishi yoki buyruq-kontrollemi berilgan holatga o'tkazish bilan beriladi. Shundan keyin elektr yuritma belgilangan qonun asosida ishlay boshlaydi.
Elektr yuritmalami avtomatik boshqarish uchun ochiq va berk sistemalar asosida tuzilgan boshqarish sxemalaridan foydala­ niladi. Ochiq boshqarish sistemalarida tok manbayi yoki yuklama
parametrlari o'zgartiriladi va elektr yuritma yangi ko'rsatkichlar bilan ishlay boshlaydi. Berk boshqarish sistemalarida esa teskari bog'lanish zanjiri bo'hb, shu tufayii elektr yuritma doimo berilgan ko'rsatkichlar bilan ishlaydi.

Avtomatik boshqarish sxemalarining tuzilishi


Murakkab boshqarish sxemalarida juda ko'p asbob-apparatlar ishlatiladi va shu sababli sxema ishini tez va oson tushunib, uni to'g'ri talqin qilish uchun sxema elementlari xalqaro standartlashdagi shartli belgilar bilan ifodalanishi lozim. Sxemalarda elementlaming holatlariga tegishli belgilar ko‘rsatiladi. Kontaktor- ning qo'zg'atish chulg'amiga tok berilmagandagi va, demak, bosh kontaktlarining ochiq bo‘lmagan holati uning normal holati deb ataladi. Komanda (buyruq) beruvchi apparatlar, masalan, tugma, kontroller va turh datchiklarning kontaktli yoki kontaktsiz siste- malari holatining tashqi ta’sir natijasidan ilgarigi (dastlabki) holati ulaming normal holati deb ataladi. Bir xildagi apparatlami bir- biridan ajratish uchun ular bir necha bosh harflar bilan belgila- nadi. Bunda birinchi harf apparatning nomiga taaUuqh bo'lsa, boshqalari uning sxemadagi vazifasiga taalluqli bo'ladi. Masalan, KM — magnitli kontaktor va bu kontaktor bilan bosh zanjir hniyasi tutashtiriladi. Agar sxemada bir xil elementlar bir xil vazifalami bajarsa, ulaming harfiy belgilari yoniga sonlar qo'yiladi masalan

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling