Elektr yuritmalar. Reja


Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi


Download 103.52 Kb.
bet3/3
Sana13.12.2022
Hajmi103.52 Kb.
#1000647
1   2   3
Bog'liq
Elektr yuritmalar

Elektr yuritmalarning klassifikatsiyalanishi.
Elektr matori bilan harakatga keltiriladigan mashinalar soniga yoki ishlab chiqarish
agregati matorlari soniga ko`ra elektr yuritmalar quyidagicha bo`ladi.
a) ishlash sharoitiga qarab statsionar va ko`chma elektr yuritmalar.
b) elektromator ishlatadigan mashina soniga qarab transmissiyali, yakka va ko`p motorli.
v) aylanishlar tezliklarini o`zgartirilishiga qarab bir tezlikli va ko`p tezlikli.
g) boshqarish usuliga qarab avtomatlashtirilgan, yoki avtomatlashtirilmagan, yoki qisman avtomatlashtirilgan.
Transmissiyali elektr yuritmalar. Elektr motor harakatini po`lat arqon yoki tasmalar vositasida ishlab chiqarish korxonasi sexlaridagi bosh transmissiyalarga uzatuvchi yuritma umumiy transmissiyali EYu deyiladi. Bunda har bir ish mashinasiga harakat tasmalar orqali bosh transmissiyadan uzatiladi: Umumiy transmissiyali elektr yuritmalar tejamsizligi va noqulayligi sababli hozirgi paytda umuman qo`llanilmaydi.
Guruxli elektr yuritma. Bosh transmissiyada bir gurux ishchi mashinalarga Harakat uzatuvchi yuritma guruhi guruhli EYu deyiladi. Guruxli elektr yuritma ham tejamsizligi va noqulayligi tufayli hozirgi paytda deyarli qo`llanilmaydi.
Oddiy yakka motorli elektr yuritma. Har bir ish mashinasi undan alohida o`rnatilgan
elektr motori bilan harakatlantiriladigan yuritma oddiy yakka motorli EYu deyiladi: Bunda ish mashinasining kinematikasi va harakat uzatilishiga hech qanday o`zgartirish kiritmaydi
Mahsus individual elektr yuritma. Elektr motor ish mashinasiga o`rnatilgan va u bilan bir butun agregatni tashkil qilgan EYu, mahsus individual EYu deyiladi. Bunday agregatlar shovqinsiz, yengil, oddiy, ishlatishga qulaydir. Ularning foydali ish koeffitsenti yuqori hamda avtomatlashtirish imkoniyati katta bo`ladi.
Ko`p motorli elektr yuritmalar. Bunday elektr yuritmalarda har bir ish mashinasi uchun alohida elektromotor talab qilinadi. Shuning uchun ularni ko`p motorli EYu lar de-yiladi. Ko`p motorli elektr yuritmalar murakkab qurilmalar yoki mashinalarning ish organ-larini ulardan alohida o`rnatilgan mustaqil elektr motorlardan harakat olib ishlaydi (masa-lan, AVM – 0,4 vitaminli un tayyorlash agregatida to`qqizta elektr motor bor.
Ishlab chiqarish korxonalarida juda keng tarqalgan asinxron motorlar va shu kabi elektromagnit chulg’amlarga ega bo`lgan qator iste’molchilarda o`zgaruvchan magnit maydoni hosil qilish uchun reaktiv quvvat talab qilinadi. Reaktiv quvvat Cos koeffitsent bilan harakterlanadi va quyidagi formuladan aniqlanadi. .


Tok manbaasidan talab qilinadigan reaktiv quvvat qiymatini kamaytirish, ya`ni quvvat


koeffitsenti Cos oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Haqiqatan Cos ning ahamiyatini eng ko`p tarqalgan iste’molchilardan, asinxron dvigatel uchun transformator tanlashdan boshlab ko`rib chiqaylik. Masalan, 100 kVt li aktiv quvvatga ega bo`lgan Asinxron dvigatel uchun Cos =0,85 bo`lganda uning quvvati kVA bo`lgan transformator tanlanadi,agar Cos=0,5 bo`lsa, u holda quvvati kVA bo`lgan transformator tanlanishi kerak. Bundan Cos ning kamayishi bilan transformator va generator katta quvvatga tanlanishi ko`rinib turibdi.

Ian I


U
Iax n Ix
x
0 I0

Ia0 I


3-rasm. Сos ning aktiv yuklamaga bog’liqligi.

Motorga berilayotgan kuchlanish miqdorini o`zgarmas, ya`ni U=сonst deb begilansa, u holda manfiy oqim F va toklar I ham o`zgarmas bo`ladi. Demak yuklama o`zgarishi bilan tokning faqat aktiv qismi o`zgaradi.


Foydalanilgan adabiyotlar
www.Arxiv.uz
www.wikepadiya.uz
Download 103.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling