Elektr yuritmalarni avtomatik boshqarish qurilmalari
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Download 42.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Rashidov Ixtiyorjon Abdusamat o‘g‘li
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 1538 Avtomatlashtirilgan elektr yuritma deb boshqarish apparatlari bilan avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to`htatiladigan yoki ma`lum tezlikni o`zgartirmay saqlab turadigan yuritmaga aytiladi. Texnologik talablarga ko`ra tezligi majburiy ravishda o`zgartoroladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritmalarda va yuqoridagi asosiy qismlar (elektrodvigatellar, uzatmalar, boshqarish vositalari) dan tashqari datchiklar ham bo`lishi mumkin. Sanoat, transport, qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va maishiy xizmat texnikalari elektr yuritmasining motoriari o‘zgaruvchan, o'zgarmas tok va katta quvvatlarda, tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Xususan, ishlashda ishonch, sodda tuzilishli, o'lchamlari va massasi kichik, arzon bo‘lgan asinxron motorlar keng qo'llanilmoqda. Jumladan, uzluksiz ishlaydigan transport, nasos, kompressor, ventilyator mexanizmlarining yuritmasida 4A, 5А, АИ va PA seriyali kichik quvvatli asinxron motorlar ishlatiladi. Ishga tushirish sharoiti og‘ir va tezligi rostlanishi kerak bo‘lgan mexanizmlar yuritmasida 4 AK va 4AHK seriyali faza rotorli asinxron motorlaridan foydalaniladi. Katta quvvatli, rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar safiga АТДИ, A4, ДА304, АДО, BAH seriya Ulari kirib, faza rotorlilar safiga esa AK4, BAK3, AOK, АКСБ va boshqa seriyalilar kiradi. АТДИ seriyali asinxron tu rbom otorlar esa 6—10 kV kuchlanishda, 500—8000 kW quwatlarda ishlab chiqariladi, faza rotorli AK4 seriyali motorlar esa, 250—1000 kW quwatlarda chiqarilib, tezligi rostlanuvchan mexanizmlar yuritmasida qo‘llaniladi. NATIJALAR Shuningdek, parmalash qurilmalari yuritmasida quvvati 600, 800 va 1000 kW bo‘lgan AJCCB seriyali, AEC nasoslari yuritmasida esa, BAK3 seriyali, quwati 1600 va 3400 kW, kuchlanishi 6 kV, aylanish chastotasi 1000 ayl/min bo‘lgan faza rotorli motor ishlatiladi. Hozirgi kunda 70 turdagi kichik quwatli asinxron motorlar ishlab chiqarilmoqda. Xususan, quvvati 1—750 W bo'lgan АБЕ, 4A va АИ seriyalarda kondensatorli asinxron motorlar, kir yuvish mashinalari yuritmasida esa ҚЦ seriyali motorlardan foydalanilmoqda. Rotorning aylanish tezligi va yo'nalishi stator tokidan hosil bo'lgan aylanuvchan magnit maydoni tezligi va yo'nalishi bilan bir xil bo‘lgan o‘zgaruvchan tok motori sinxron motor deyilib, ular 1000 dan bir necha 10 ming kW gacha quvvatlarda, 3000 dan 100 ayl/min chastotalarda ishlab chiqarilmoqda. Sinxron motorlar 1500 dan 300 ayl/m in chastotalarda rotori ayonmas qutbli, 100 ayl/min va undan kichiklarda esa, ayon qutbli tuzilmalarda chiqariladi. Rotorida qo‘zg‘atish chulg'ami bo'lm agan reaktiv sinxron motorlar kichik quw atlarda uch fazali va bir fazali (kondensatorli) qilib chiqarilmoqda. Elektr yuritmani to'g'ri tanlash va hisoblash asosida ishlab chiqarish mexanizmining unumli va tejamli ishlashiga sharoit yaratiladi. Elektr yuritma yordamida mashina yoki mexanizmlarni ishga tushirish, to‘xtatish va teskari tomonga harakatlantirish (reverslash) kabi o‘tkinchi hamda turg‘un ish rejimlarini qulay sharoitda bajarish vazifalari amalga oshiriladi. Bu jarayonlaming o ‘tishi, avvalo, motor aylanish tezligining uning aylantiruvchi momentiga nisbatan o'zgarish xususiyatiga qarab aniqlanadi. Bu xususiyat motor xiliga qarab turlicha bo‘ladi. Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023 1539 Elektr motorining xillari quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanadi. Elektr tokining turiga ko'ra o'zgarmas va o‘zgaruvchan tok motorlari bo'ladi. O'zgarmas tok motorlari, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg'amining ulanish sxemasiga ko'ra parallel, ketma-ket va aralash (shuntli, series va kompaund) qo‘zg‘atishli motorlarga bo‘linadi. O'zgaruvchan tok motoriari esa rotor bilan stator magnit maydonining bir-biriga nisbatan aylanish tezliklariga ko‘ra — asinxron va sinxron deb ataluvchi motorlarga bo'linadi. Asinxron motorlar, o‘z navbatida, rotor chulg'amiga ko‘ra qisqa tutashtirilgan rotorli va faza rotorli (kontakt halqali) motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motoriari esa rotoming tuzilishiga ko‘ra, bir va ikki katakdan iborat qisqa tutashtirilgan chulg‘amli hamda chuqur pazli motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar fazalar soniga ko‘ra, uch fazali va bir fazali bo’ladi. Motor tezligining uning aylantiruvchi momentiga bog'lanishini ko'rsatuvchi w= f(M ) yoki n = f(M ) egri chiziqni motorning mexanik tavsifi deb ataladi. Motorning burchak tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: ( ) Motorning aylantiruvchi momenti: Bunda F — barabandagi o'tkazgichlarga ta’sir etuvchi elektromagnit kuch; D — barabanning diametri. Radian deb aylananing ikki radiusi orasidagi burchakka aytiladi. U bilan aylanadan kesilgan yoyning uzunligi radiusga teng bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra, to‘la bitta aylanish 360° ga teng bo'lgani uchun, uni radian birligida 2 deb belgilanadi. Bunda = 3,14 ga teng. Ishlab chiqarish talablariga qarab motor xilini tanlashda uning mexanik tavsifi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mexanik tavsif sun’iy va tabiiy bo‘lishi mumkin. Motorni ishga tushirish, to'xtatish, uning tezligini o‘zgartirish va shu kabilarda sun’iy tavsifdan foydalaniladi. Motor faqat nominal parametrlar bilan tabiiy tavsifda ishlay oladi. Shunga ko‘ra, tabiiy tavsifni sun’iy tavsifning xususiy holi deb hisoblash mumkin. Ba’zi hollarda o‘zgarmas tok motorlari uchun n= f(M ) o‘rniga, elektromexanik yoki tezlik tavsifi deb ataluvchi n = f(I) bog'lanishdan foydalanish qulay bo‘ladi, bunda I [a] — motor toki. Elektr motori aylanish tezligining aylantiruvchi momentiga bog‘lanishini ko‘rsatuvchi chiziqning o'zgarishiga qarab, mexanik tavsiflar mutlaqo qattiq, qattiq va yumshoq tavsiflarga bo'linadi. 2.1- rasmda ( 1 — mutlaqo qattiq, 2 — qattiq va 3 — yumshoq) mexanik tavsiflar ko‘rsatilgan. Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling