13 – Amaliy mashg’ulot.
O’zgarmas tok motorini tormozlash tavsiflarini hisoblash va qurish.
O’zgarmas tok dvigatellarining mexanik xarakteristikalarini o’rganish, dvigatellarni turli ish rejimlarida, sun’iy va tabiiy mexanik xarakteristikalarini hisoblash va qurishni o’rganish, dvigatel yakor zanjiriga ulanadigan ishga tushirish va tormozlash reostati qarshiligini hisoblashni o’rganish.
II. Topshiriq:
Parallel qo’zg’atgichli Д-816 tipidagi o’zgarmas tok dvigatelining sun’iy va tabiiy mexanik xarakteristikalarini quring:
PH = 150 Kvt
|
nH = 450 ayl/min
|
UH = 220 V
|
RP=0,2 Om
|
IH = 765 A
|
|
III. Topshiriqni bajarish tartibi:
1. Dvigatelning nominal FIK ni aniqlang.
ηH = PH103 / UHIH
2. Dvigatel yakorining qarshiligini toping.
RЯ = 0,5 (1 - ηH) (UH/IH) [ Om ]
3. Salt ishlash burchak tezligini aniqlang.
ω0 = ωHU / (U-IHRЯ) [ rad/sek ]
bu yerda: ωH = nH / 9,55 [ rad/sek ]
4. Salt ishlash aylanish tezligini aniqlang.
n0 = 9,55 ω0 [ rad/sek ]
5. Nominal momentni aniqlang.
MH = PH103 / ωH
6. Dvigatelning tabiiy mexanik xarakteristikasini quring.
Ѡo b
40 1
30
20 2
10 MH M
0 100 200 300 400 HM
“a” nuqta
|
ω0 va M = 0
|
“b” nuqta
|
ωH va MH
|
7. Dvigatelning sun’iy xarakteristikasi ham ikki nuqta orqali o’tadi.
ω0 va M = 0
ωP va MH
bu yerda ωP – dvigatel yakoriga qo’shimcha qarshilik RP = 0,2 Om qo’shilgandagi burchak tezlik
ωP = ω0 [ 1-(IH (R2+RP) / UH)] [ rad/sek ]
IV. Vazifa:
Barcha hisoblashlarni bajaring va ularning natijalari bo’yicha dvigatelning tabiiy va sun’iy mexanik xarakterisrikalarini quring.
V. Xulosa:
Xulosada o’zgarmas tok dvigatellarinig mexanik xarakteristikalarini qurish xususiyatlarini yoriting, mexanik xarakteristikalar orqali dvigatelni ish rejimlari to’g’risida ma’lumot bering, ishni bajarish davomida nimalarni o’rganganingizni yozing va ish bo’yicha hisobot tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |