Laboratoriya ishi №5
TRANK TIZIMI SMARTRUNK-II VA UNING TERMINALI GP-68 NI O‘RGANISH
1.Ishdan maqsad
Amaliyot ishini bajarish tartibida talaba trank tizimidagi radiotelefon aloqasining tuzilish tamoyillarini o‘rganishi lozim, bu tizim aloqasining asosiy funksiyalari bilan tanishish bundan tashqari GP-68 abonent radiostansiyasining barcha ish rejimlarida boshqaruvning yangi ish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlari lozim.
2.Vazifalar
Uy sharoitida bajariladi.
Trank tizimining tuzilish tamoyillarini o‘rganish.
Boshqaruv kanaliga ega bo‘lmagan tranking tizimining ish faoliyati bilan tanishish.
Laboratoriyada bajariladi.
SMARTRUNK-II turidagi trank tizimining asosiy parametrlari bilan tanishish.
Turli xildagi aloqa jarayonidagi SMARTRUNK-II tizimi imkoniyatlarini o‘rganish.
Retranslyasion baza qurilmasining ish faoliyati va uni strukturaviy sxemasi yordamida o‘rganish.
Abonent GP-68 radiostansiyaning texnik xususiyatlari bilan tanishish va boshqarish qoidalarini o‘rganish.
O‘qituvchi tomonidan berilgan vazifalar asosida abonent radiostansiyasining ish rejimini o‘rganish.
Bajarilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlash.
3.GP-68 abonenti radiostansiyasining qisqacha ta’rifi
3.1Asosiy texnik parametrlari
GP-68 abonent radiostansiyasi olib yuruvchi stansiya sanaladi va bu SMARTRUNK-II tranking tizimi bazaviy-retronslyator qurilmasiga kirish uchun mo‘ljallangan.
Radiotelefon aloqa rejimini o‘rnatish
Ushbu rejimga kirishda «#» belgi qisqa ovoz chiqqunga qadar bosib turiladi. Agar radistansiya boshqa rejimda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 2chi tugma yordamida uzatish rejimiga o‘tkaziladi, aks holda radiostansiya qabul qilish rejimida ishlaydi. Uzatish rejimida radiostansiya ekranida «TX» belgisi paydo bo‘ladi. Radiostansiyaning uzatgich rejimida 2chi tugma bosib turilgan holda mikrofondan 5-7 sm masofada 7chi tugmaga gapiriladi, bunda antenna vertikal holatda tutiladi. Radiotelefon aloqa rejimidan foydalanish vaqtida ekranda tizim tomonidan tanlangan ishchi radiokanal raqami ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |