Laboratoriya ishi №5 trank tizimi smartrunk-ii va uning terminali gp-68 ni o‘rganish ishdan maqsad


Download 24.24 Kb.
bet5/5
Sana17.02.2023
Hajmi24.24 Kb.
#1205239
1   2   3   4   5
Bog'liq
Azizbek Akam laboratories

4. Hisobot tarkibi
1. Ish nomi va maqsadi.
2. Raqamli harakatdagi stansiyaning tuzilish sxemasini chizing
3. CDMA harakatdagi stansiyasining tuzilish sxemasini chizing
4. CDMA standarti sotali aloqa tizimning ishlash prinsipini yozing.

Boshqarish bloki o‘z tarkibiga mikrotelefon trubkani (mikrofon va radiokarnay), klaviaturani va displeyni kiritadi.


Klaviatura chaqiriluvchi abonentning telefon nomerini terishga, hamda MSning ishlash rejimini tayinlash uchun xizmat qiladi. Qurilmaga ta’luqli har-xil axborotni (tasvirlash uchun) va stansiyaning ishlash rejimini aks ettirish uchun displey xizmat qiladi.
Qabul qiluvchi-uzatuvchi blok uzatkichdan, qabul qilgichdan, chastota sintezatoridan va mantiqiy blokdan tashkil topgan. Uzatgich tarkibiga quyidagilar:
- ARO‘ mikrofon chiqishidan olingan signalni raqamli shaklga o‘zgartiradi va barcha keyingi ketma-ket nutq signaliga ishlov berish va uzatish raqamli shaklda amalga oshiriladi;
- nutq koderi nutq signalini kodlashtiradi, ya’ni uning ortiqchasini qisqartirib raqamli shaklga ega bo‘lgan signalni ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgartiradi;
- kanal koderi nutq koderi chiqishidan olingan raqamli signalga qo‘shimcha axborotni qo‘shadi. Bu amal aloqa liniyalari bo‘yicha signalni uzatishda uni xatoliklardan himoya qilish uchun qo‘llaniladi, xuddi shu maqsadni ko‘zlagan holda axborot ustida ma’lum qayta o‘rab oralatib joylash amali bajariladi; bundan tashqari kanal koderi uzatiluvchi signal tarkibiga mantiq blokidan keluvchi boshqarish axborotini kiritadi;

- modulyator kodlangan audiosignal axborotni tashuvchi chastotaga o‘tkazishni ta’minlaydi;


- qabul qilgich o‘zining tarkibi bilan uzatgichga mos keladi, lekin faqat uning tarkibiga kiruvchi bloklar teskari funksiyalarni bajaradi;
- demodulyator modulyatsiyalangan radiosignaldan foydali axborotni tashuvchi kodlangan audiosignalni ajratib olish;
- kanal dekoderi chiqish oqimdan boshqaruvchi axborotni ajratadi va uni mantiq blokiga jo‘natadi, qabul qilingan axborot xatolari bir yo‘qligicha tekshiriladi va qayd qilingan xatolar to‘g‘rilanadi;
- navbatdagi ishlov berishga doir qabul qilingan axborot ustida (koderga nisbatan) qayta tekshirish amali bajariladi;
- nutq dekoderi kanal koderidan kirib keluvchi nutq signalini tiklaydi, ya’ni uni raqamli turdagi tabiiy shakliga o‘tkazadi;
- RAO‘ qabul qilingan raqamli nutq signalini analog shaklga o‘zgartiradi va uni radiokarnay kirishiga beradi;
- ekvalayzer radioto‘lqinlar ko‘p nurli tarzida tarqalishi sababli signalning buzilishlarini qisman kompensatsiyalashga xizmat qiladi. Mohiyati jihatdan adaptiv filtr bo‘lib, axborot tarkibini tashkil qiluvchi simvollar ketma-ketligiga intelektual sozdanuvchi qurilmadir. Ekvalayzer bloki funksional emasdir va ayrim hollarda qo‘llanmasligi mumkin.

Mantiq bloki - bu MS ning ishlishini boshqaruvchi mikrokompyuterdir. Sintezator radiokanal bo‘yicha axborotni uzatishda foydalaniladigan tashuvchi chastota tebranishlaridir. Uzatish va qabul qilishda chastota spektrining har – xil joylari (chastota bo‘yicha dupleksli aratilishi) ishlatilishi sababli MSda geterodin va chastota o‘zgartirgichi ishlaydi.




Antenna bloki o‘z ichiga antennani (eng sodda holda chorak to‘lqinli shtir va qabul qilish – uzatish kommutatorlarni kiritadi. Kommutator raqamli stansiyalarda elektron kommutator bo‘lib, antennani yo uzatgich chiqishiga yoki qabul qilgich kirishiga ulashi mumkin, chunki raqamli tizimlardagi MS hech vaqt birdaniga qabul qilish va uzatishda ishlamaydi.
Download 24.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling