Radiostansiya xotirasiga telefon raqamlarining kiritilishi
Radiostansiyaning xotirasiga abonentning 9 ta telefon raqamini kiritish mumkin, ularning har biri 12 ta raqamdan oshmasligi lozim. Har bir yozilgan telefon raqami 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar diapozonida shifrlanadi. Ushbu rejim ish faoliyati ketma-ketligi quyidagilarda namayon etilgan.
1. Birinchi raqam ostidagi tugmani bosing va 2ta tovush signali chiqqunga qadar kuting. Ikkinchi tovushli signaldan so‘ng ekranda «Ph Loc» yozuvi ostida telefon raqamini terishga tayyorligini bildiruvchi yonib-o‘chuvchi kursor paydo bo‘ladi.
2. Telefon nomerini yozishdan oldin, uning maxsus shifrini kiriting, shundan keyin «*» tugmasini bosing. Noto‘g‘ri terilgan raqamlarni o‘chirish uchun «#» tugmasini bosing.
3. SHundan so‘ng telefon raqamlarini ketma-ketlikda kiriting(raqamlar 12 tadan oshmasligi kerak). YOnib-o‘chuvchi kursor telefon raqamlarining holatini qursatib turadi. Kiritilayotgan raqamlar soni 12 tadan kam bo‘lganda ular o‘rniga «*» yoki «#» tugmalari yordamida bo‘shliqlarni to‘ldirish lozim.
4. Raqamlar noto‘g‘ri kiritilganda kursorni 1qadam chapga siljituvchi 14 chi tugmani bosing va to‘g‘ri raqamni kiriting.
5. Oltita raqamdan kam bo‘lmagan telefon raqamini ko‘rish uchun 13 va 14 chi tugmalar yordamida radiostansiya ekranida kursorni chap va o‘nga siljiting.
6. Raqamlarni kiritib bo‘lgach 3 chi tugma yordamida raqamlarni xotirada saqlang.
Oxirida terilgan har qanday terilgan telefon raqamini avtomatik tarzda xotirada saqlaydi va u «0» raqami ostida shifrlanadi, bu narsa uning tezkorlik bilan qayta terilishiga yordam beradi. Buning uchun 1chi tugmani bosib ushlab turish lozim, shundan keyin 13 tugma bosiladi va raqamli klaviatura orqali «0» kiritiladi.
Laboratoriya ishi №6
SMARTRUNK-II tranking tizimini dasturlash
1 Ishdan maqsad:
Laboratoriya ishini bajarish natijasida talaba SMARTRUNK-II tranking tizimining dasturlash tamoyillarini o‘rganish va GP-68 radiostansiya abonentlari yordamida yangi amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish.
2. Vazifalar
SMARTRUNK-II tizim dasturiga kirish tarkibi bilan tanishish.
Har bir dasturning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishish.
Dasturlashni amalga oshiradigan ketma-ketliklar bilan tanishish.
O‘qituvchi tomonidan berilgan dasturlash rejimini amaliyotda o‘zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |