Elektr zanjir. Elektr sxemalari. Elektr zajir va elektr sxemasiga doir baʼzi bir tushunchalar [
Download 464.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektr zanjir
Toʻrt qutblilar juft "kirish" va "chiqish"lardan iborat
boʻlib, toʻrtta qutbga ega (b rasm). Toʻrt qutblilar aktiv va passiv boʻlishi mumkin. Amalda koʻpincha, toʻrt qutblilar ichida sodir boʻlayotgan jarayonlarni yoritmay, uning kirish va chiqishidagi signallar orasidagi bogʻlanishni aniqlash zarur boʻladi. Koʻp qutbli zanjirning boʻgʻinlaridan biri boʻlib, toʻrtdan koʻp chiqishlarga ega. Elektr zanjiri oʻlchamlari va undan oʻtayotgan elektr tebranishlarinin g ishchi toʻlqin uzunliklari orasidagi munosabat nuqtai nazaridan, zanjirlar parametrlari tarqoq va mujassamlashganlarga ajratiladi. Fizik oʻlchamlari ishchi toʻlqin uzunligidan juda kichik boʻlgan elektr zanjirlari parametrlari mujassamlashgan zanjirlar deyiladi. Maskur zanjirlarning hossalari aktiv va passiv elementlar chiqishlari va ularni tutashtiruvchi simlar konfiguratsiyaga deyarli bogʻliq boʻlmaydi. Fizik oʻlchamlari ishchi toʻlqin uzunligi bir hil yoki katta boʻlgan elektr zanjirlar parametrlari tarqoq zanjirlar deyiladi. Zanjirning har bir elementi aktiv qarshilik, induktivlik va sigʻimga ega boʻladi. Zanjirdagi elementlar parametrlarining ularga qoʻyilgan kuchlanish va ulardan oʻtayotgan tokka bogʻliqlik belgilariga qarab zanjirlar uch sinfga ajratiladi: Oʻzgarmas parametrli chiziqli zanjirlar (chiziqli zanjirlar); Oʻzgaruvchan parametrli chiziqli zanjirlar yoki parametrok zanjirlar; Nochiziqli zanjirlar. Download 464.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling