Elektr zanjir. Elektr sxemalari. Elektr zajir va elektr sxemasiga doir baʼzi bir tushunchalar [
Download 464.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektr zanjir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Passiv elementlar
- Aktiv qarshiliklar
Aktiv elementlar - bipolyar va maydonlli
tranzistorlar, raqamli va analog mikrosxemalar, elektr lampalar, magnetronlar, klistronlar, lazerlar va shu kabilar. Aktiv elementlarning farqli jihati shundaki, ularberilayotgan tebranish quvvatini kuchaytirish potensial imkoniga ega, Bunda tebranishlar energiyasi tashqi taminot manbalari hisobiga oshiriladi. Shunday qilib, aktiv elementlarni, taʼminot manbai energiyasini chiqishda tebranish energiyasiga almashtirib beruvchilar deb qarash mumkin. Passiv elementlar - qarshiliklar (omlarda oʻlchanadi; Georg Ohm (1787—1854) 1826-yilda Om qonunini ochgan)Induktivlik gʻaltagi, kondensatorlar, tutashtiruvchi simlar-elektr (elektromagnit) energiyani uzatadilar, istemol qiladilar yoki toʻplaydilar. Maʼlum bir koʻrinishda birlashib, ular faqat elektr signali formasini oʻzgartira oladilar xolos. Aktiv qarshiliklar - elektr energiyasini boshqa tur energiyaga, koʻproq issiqlik (shuning uchun qarshilikni aktiv deyish qabul qilingan, zero passiv qarshiliklar ham mavjud va ulardan elektr energiyasi oʻtishi natijasida issiqlik ajralib chiqmaydi) energiyasiga qaytmas oʻzgarishi bilan bogʻliq elektr zanjiri yoki uning bir qismini qarshiligi. Aktiv qarshiliklarda ajralayotgan issiqlik energiyasi foydali ishlatilishi mumkin yoki atrofga tarqalishi mumkin, Zanjirda magnit maydonini toʻplay olish qobilyatini harakterlovchi almashtirish (ekvivalent) sxemalarining ideal elementiga induktivlik deyiladi. Induktivlikka faqat nduktiv gʻaltaklar ega deyiladi. Zanjirning boshqa elementlari induktivligi hisobga olinmaydi. Elektr zanjirining bir qismida elektr maydonini toʻplay olish qobilyatini harakterlovchi almashtirish (ekvivalent) sxemalarining ideal elementiga sigʻim deyiladi. Ushbu elementlardagi kuchlanish U (t) va tok kuchi I (t) ning iniy qiymatlari quyidagi munosabatlar bilan aniqlanadi: Elektr zanjirning aktiv va passiv elementlari ikki qutblilar, toʻrtqutblilar va koʻp qutblilarga ulanishlari mumkin. Ikki qutbli - ikkita chiqish bo ʻlgan elektr zanjir. Bu tushunchani aniqlashtirib, ikki qutbli (yakka element yoki murakkab elektr zanjiri; masalan taminot manbai, qarshilik, ketma- ket kontur) bor yoʻgʻi ikkita tashqi chiqishga - qutblar yoki qisqichlarga ega. Elektr zanjijrlar: a-ikki qutbli ; b-to'rt qutbli. Ikki qutbli aktiv va passiv boʻlishi mumkin. Har bir passiv ikki qutbli, undagi kuchlanish tushuvi vamanbaadan istemol qilinayotgan tok orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi yagona parametr bilan harakterlanadi. Umuman olganda bunday bogʻlanish murakkab diferansial- integral koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. Download 464.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling