Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar
Download 6.42 Kb.
|
Elektr zanjirlari va ularni tavsiflovchi kattaliklar-azkurs.org
Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi.Elektr zanjirining manbalari ikki turga bo‘linadi: kuchlanish va tok manbalari. Manbalar tok va kuchlanishining tashqi ta’sir natijasida o‘zgarishiga ko‘ra, ularni mustaqil va nomustaqil manbalarga ajratiladi. Manbaning chiqish klemmalaridagi kuchlanish (tok) miqdori manbaning yukidagi tok (kuchlanish) qiymatiga bog‘liq bo‘lmasa mustaqil kuchlanish (tok) manbasi deyiladi. Zanjir tarkibiga kiruvchi alohida qurilmalar, elеktr zanjirining elеmеntlari dеb ataladi Elektr zanjirlarining asosiy elementlari elektromagnit energiya manbalari, elektromagnit energiyasini o‘zatuvchi va o‘zgartiruvchi qurilmalar va ushbu energiyani iste’mol qiluvchilar hisoblanadilar. Elektromagnit energiyaning manbalari bo‘lib har xil turdagi energiyalar – issiqlik, kimyoviy, yadroviy va mexanik energiyalarni o‘zgartirib elektromagnit energiyasi ishlab chiqaruvchi har xil turdagi generatsiya qurilmalariga aytiladi.Elektr zanjirlarining asosiy elementlari elektromagnit energiya manbalari, elektromagnit energiyasini o‘zatuvchi va o‘zgartiruvchi qurilmalar va ushbu energiyani iste’mol qiluvchilar hisoblanadilar. Elektromagnit energiyaning manbalari bo‘lib har xil turdagi energiyalar – issiqlik, kimyoviy, yadroviy va mexanik energiyalarni o‘zgartirib elektromagnit energiyasi ishlab chiqaruvchi har xil turdagi generatsiya qurilmalariga aytiladi. Ko‘pgina hollarda elektr zanjiridagi u yoki bu elementning asosiy vazifasi qilib - elektr signallarini uzatish yoki qayta ishlash, shuningdek u yoki bu kattaliklarni o‘lchash operatsiyasini bajarish, u yoki bu jarayonlarning sifatini boshqarish belgilanadi. Bu elementlar qatoriga telekommunikatsiya tizimlari, telefon va telegraf aloqa liniyalari va ularning uchlaridagi qurilmalar, avtomatika qurilmalarining har turdagi elementlari, elektr o‘lchash qurilmalari, elektron hisoblash mashinalarining hisoblash va boshqarish qurilmalari, har turdagi radiotexnik qurilmalar va h.k.lar kiradi. Download 6.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling