Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar


Potensiometrik (reostatli) datchiklar


Download 101.05 Kb.
bet3/4
Sana02.04.2023
Hajmi101.05 Kb.
#1321423
1   2   3   4
Bog'liq
Elektrik datchiklar. Potensiometrik datchiklar.

Potensiometrik (reostatli) datchiklar.


Chizikli va burchak siljishlar, kuchlar, tezlanishlar va boshqa shunga о‘xshash noelektrik parametrlarni aniqlashda, siljishni mos ravishda R, L, C elektrik qarshiliklaridan birining о‘zgarishiga aylantirib beruvchi potensiometrik, induktiv, sig‘im va boshqa datchiklar, hamda aylanish chastotasi yoki burilish burchagini EYUK ga aylantirib beruvchi induksion datchiklar qо‘llaniladi.


Potensiometrik (reostatli) datchiklar. Bu datchiklarda kirish signali bо‘lib reostat surilgichi, chiqish signali bо‘lib reostat qarshiligi R xizmat qiladi (1a-rasm). Reostat surilgichi detal bilan bog‘liq bо‘lib, u siljiganda elektr zanjirining qarshiligi о‘zgaradi. Potensiometrik datchikning statik tavsifi deb surilgichdan olinayotgan chiqish kuchlanishi Uch bilan surilgichning surilish masofasi x

о‘rtasidagi, ya’ni
Uч
f (x)
bog‘lanishiga aytiladi. 1a-rasmda kо‘rsatilgan sxema

uchun datchikning chiqish kuchlanishini quyidagi ifodadan topish mumkin.



UЧ
Bu yerda: UT – Tarmoq kuchlanish.
UТ К ,
1  К (1  К )


К х
l

– potensiometr surilgichining nisbiy siljishi ( l



potensiometrning umumiy uzunligi, x – surilgichning siljish uzunligi);


  Rю
R

yuklama koeffitsiyenti (Ryu – yuklama qarshiligi, R – potetsiometrning tо‘la qarshiligi).
1v-rasmda potensiometrning Uch=f(x) tavsifi keltirilgan. Potensiometr yuklanmagan paytda (salt ishlash rejimida), qachonki Ryu=∞ bо‘lganda, uning statik tavsifi Uch=f(x) tо‘g‘ri chiziqni tashkil etadi (1- tо‘g‘ri chiziq). Bu holda potensiometrning chiqish kuchlnishi ifodasi quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi, ya’ni Uch=UTK. Potensiometr yuklama bilan ishlagan holda tavsifning tо‘g‘ri chizikligi buziladi (2-tavsif) va yuklama qarshiligi qancha kam bо‘lsa, tavsifning egriligi shuncha katta bо‘ladi.






а) b) v)

      1. rasm

Burchak siljishlarni о‘lchashda halqasimon potensiometrik (simli reostat)
datchiklar kо‘plab ishlatiladi (1b-rasm). Uning karkasi yarim halqa kо‘rinishida izolyatsiyalangan ashyodan (plastmassa, tekstolit, keramika va boshqalar) yasalgan bо‘lib, unga katta solishtirma qarshilik va kichiq harorat koeffitsiyentiga ega bо‘lgan sim (manganin, konstantan, nixrom) о‘ralgan bо‘ladi.

    1. Download 101.05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling