“Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish” fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi «Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o‘tkazish»
II. Ishga oid nazariy tushunchalar
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Elektro izolyasion materiallar va texnologik qurilmalarni sinovdan o (2)
II. Ishga oid nazariy tushunchalar.
Elektr izolyatsiyaga berilayotgan kuchlanish elektro izolyatsion materialni yaroqsiz xolga keltiruvchi kuchlanish kattaligidan ancha kichik bo‘lishi kerak. Elektro izolyatsion materialni yaroqsiz xolga kelishi teshib o‘tuvchi elektr razryad natijasida ro‘y bersa bu xodisa elektr teshilish deyiladi, teshilishga sabab bo‘lgan kuchlanishni kichik qiymati esa U pr teshib o‘tuvchi kuchlanish deyiladi. Elektro izolyatsion materiallarni asosiy xarakteristikalaridan biri bu E pr – elektr chidamliligdir. E pr -elektr chidamlilik bu bir xil jinsli maydonlarda minimal elektr kuchlanganlik ta’siridagi elektr teshilish tushiniladi. E pr = U pr / t (V/m) U pr – teshuvchi kuchlanish (V) t - dielektrikni qalinligi (m) Bir xil jinsli elektr maydonlarda U pr teshish kuchlanishi E pr elektr maydon kuchlanganligiga to‘g‘ri proportsional bog‘langan. Tajribada chekalari aylana shaklga keltirilgan elektrod disklar orasidagi maydon ma’lum bir shartlar bajarilganda bir xil jinsli elektr maydonga to‘g‘ri keladi. Bir xil jinsli bo‘lmagan elektr maydonlarda U pr teshish kuchlanishi, bir xil jinsli elektr maydonlardagi teshish kuchlanishidan kichkina bo‘ladi. Sferik yuzaga ega bo‘gan elektrodlar orasidagi maydon bir xil jinsli bo‘lmagan maydondonga to‘g‘ri keladi. Bir xil jinsli bo‘lmagan maydondonlardagi elektr mustaxkamlikni xisoblashda koeffitsient α>1 qo‘llaniladi va E pr = U pr / t * α Koeffitsient α qiymati eletrodlarni formasiga, razmeriga va ular orasidagi masofaga qarab o‘zgaradi. Elektrodlar ko‘rinishi bo‘yicha slindirsimon, yassi, yarim sferik yuzali b‘ladi. TSlindirsimon va yassi yuzali elektrodlar bilan qattiq elektro izolyatsion materiallarni elektr mustaxkamligi aniqlanadi. Yarim sferik yuzali elektrodlar bilan suyuuq dielektrik izolyatsion materiallarni elektr mustaxkamligi aniqlanali. Rasm. Suyuq materiallarning teshish kuchlanishi U pr aniqlash yacheykasi. Suyuuq dielektrik izolyatsion material sinalayotganda undan sinov uchun namuna (proba) olinadi. U pr -teshib o‘tish kuchlanishini anqlash maxsus yacheyka –idishda bajariladi. Idish sinalayotgan izolyatsion materialga ta’sir etmasligi, erimasligi kerak. SHuning uchun idish shisha, plastmassa yoki kvartsdan tayyorlangan bo‘ladi. Elektrodlar yarim sferik yuzali bo‘lib latundan tayyorlanadi va idishni ostki qismiga parallel bir o‘qda yotgan xolda idish yon devorlariga maxkamlangan bo‘ladi. Elektrodlar orasidagi masofa (2,5±0,05) mm dan, elektrodni sinalayotgan dielektrik suyuqlikka botishi 40 mm dan, elektrodni yuqori qismidan idishni devorlarigacha bo‘lgan masofa 12 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Yacheyka- idishni konstruktsiyasi uni oson qisimlarga ajratish va elektrodlarni chiqarib tozalash, yuzasini tekislashga moslashgan bo‘lishi kerak. Sinov oldidan ko‘rik va toza yacheyka-idishni sinalayotgan suyuq dielektrik bilan chayib tashlanadi, so‘ngra U pr -teshib o‘tish kuchlanishini aniqlash uchun sinalayotgan suyuq dielektrik bilan to‘ldirilib ustki qopqog‘i yopiladi. Idish devorlarida havo pufakchalari paydo bo‘lib qolmasligi uchun suyuqlikni asta- sekinlik bilan quyiladi. U pr -teshib o‘tish kuchlanishini aniqlash uchun sinov 6 martadan kam bo‘lmagan xolda o‘tkaziladi. Yopishqoqlik (vyazkost) 50*10 -6 m 2 /s dan kam suyuq dielektriklar uchun sinov bir marotaba to‘ldirilgan suyuqlik bilan o‘tkazilsa, yopishqoqlik 50*10 -6 m 2 /s dan katta suyuq dielektriklar uchun xar bir sinovdan so‘ng suyuqlik to‘kib tashlanib yacheyka –idish qayta yangi suyuqlik bilan tuldiriladi. Suyuq dielektriklarni elektr mustaxkamligi maxsus apparatlar yordamida anikqanadi bular AMI-60, AII-70, AMI-80. Suyuq dielektriklarni sinov vaqtidagi elektr mustaxkamligini ushbu apparatlarda o‘rnatilgan kilovoltmetr ko‘rsatgichidan aniqlanadi. Natijaviy xulosa uchun 6 ta sinov natijalarini birinchisini xisobga olmagan xolda o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi. Toza va quriq transformator moyini davlat standarti bo‘yicha ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmaga quyigandan so‘ngi eng kichik teshib o‘tish kuchlanishini qiymatlari kV da: Elektr qurilmalar Teshib o‘tish kuchlanishi 15 kV gacha 25 kV 15 kV dan 35 kV gacha 30 kV 60 kV dan 220 kV gacha 40 kV dan kam bo‘lmasligi kerak Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling