Elеktrodda sodir bo`ladigan jarayonlar. Nеrnst tеnglamasi. Galvanik elеmеntlar. EyuK
Download 1.54 Mb.
|
9-10 марузаElektrod potentsiallari va elektr yurituvchi kuch
Qaytar galvanik element potentsial skachogini vujudga kelishini Nernst tenglamasi orqali tushuntirishning soddaroq varianti – osmotik nazariya deb ataladi. Bu nazariya bo’yicha o’zining ionlarining eritmasiga yoki suvga tushirilgan metall eritmaga zaryadlangan ionlar bera boshlaydi (panjara o’zining ionlariga ega bo’lib, ular orasida elektronlar bo’ladi). Metall ionlarini eritmaga o’tishga bo’lgan intilishini Nernst metallarning elektrolitik erish uprugosti deb nomladi va (P) bilan belgiladi (bug’lanish uprugostiga monand tarzda). Metall plastinkasi o’z ionlarini eritmaga yuborib, o’zi manfiy zaryadlanadi. CHunki metall ionlarini eritmaga o’tkazganda, elektronlar uning sathida to’planadi va manfiy zaryadlaydi. Natijada metallva eritma sath chegarasida qo’sh elektr qavati hosil bo’ladi (yassi kondensaton). Eritmaga o’tgan musbat zaryadlangan ionlar va manfiy zaryadlangan metall plastinkasi orasida elektrik tortilish vujudga keladi. Bu jarayonni yana davom etishiga yo’l qo’ymaydi. Oqibatda metall va eritmaning bir-biriga tegib turgan chegarasida qo’sh elektr qavati hosil bo’lib, potentsiallar skachogi vujudga keladi. Metall va eritma orasida potentsiallar farqi hosil bo’ladi. Bir-biriga tegib turgan metall va suyuqlik sathlarida vujudga keladigan potentsial elektrod potentsiali deyiladi. Metall o’z tuzilishiga va metalldagi atom – ion orasidagi bog’ mustahkamligiga bog’liq tarzda atom-ion holatidan ionlar eritmaga o’tish qobiliyati bir xil bo’lmaydi. Boshqa tomondan ionlar eritmadan metall sathiga o’tishga intiladi. Bu intilishni Nernst ionlarning osmotik bosimi deb ataydi va () bilan ifodalaydi. Eritmadagi ionlarning osmotik bosimi eritma kontsentratsiyasiga to’g’ri proportsional: SHunday qilib, M/eritma sathlar chegarasidagi potentsiallar skachogi eritma kontsentratsiyasiga va metall tabiatiga bog’liq. Bu holatni Nernst ushbu tenglama bilan ifodalaydi: ; agar =P bo’lsa =0; Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling