Elektrodlar orqali biopotensial kuchaytirgichlarni teri bilan aloqasi. Bioelektr potensiallar


Download 19.1 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi19.1 Kb.
#1605307
  1   2
Bog'liq
1 - amaliy mashgulot (134-guruh)


Elektrodlar orqali biopotensial kuchaytirgichlarni teri bilan aloqasi.
Bioelektr potensiallar — tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo boʻladigan elektr potensiallar, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektr potensiallar — "xeyvon elektri" toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 18-asrning oʻrtalarida elektr baliklarining "zarba"larini oʻrganish tufayli paydo boʻldi. Bioelektr potensiallar toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi italiyalik olim L. Galvani hisoblanadi. L. Galvani bilan A. Volta "hayvonlar elektri"ni oʻrganib, elektr toki hosil qilishning yangi Volta usulini kashf etishdi va galvanik elementlar yaratildi (1791—97). Italiyalik K. Matteuchchi ilk bor (1837) galvanik elementlar yordamida Bioelektr potensiallar ni oʻlchab kurgan. Nemis olimi E. Dyubua Raymon muskul va nerv hujayrasi Bioelektr potensiallar ni oʻrganib, tinchlik holatida hujayraning ichki va tashqi muhiti oʻrtasida statsionar potensiallar farqi (tinchlik potensiali) mavjudligi, bu farq qoʻzgʻalish holatida qonuniy oʻzgarishini koʻrsatib berdi. 1868-yil Yu. Bernshteyn nerv tolalari boʻylab qoʻzgʻalishning tarqalishida sekundning bir necha mingdan bir qismida davom etadigan alohida potensial tebranishlarni oʻlchash metodini ishlab chikdi. A. Ye. Vvedenskiy nerv va muskullarda ritmik potensiallarni telefon yordamida eshitib koʻrdi (1883). Bioelektr potensiallar ni oʻrganish sohasidagi asosiy yutuklar elektronkuchaytirgich texnikasining fiziologik tekshirishlarga tatbiq etilishi bilan bogʻliq. Hujayra ichiga mikroelektrodlar kiritish usulining ishlab chiqilishi alohida tola yoki hujayra Bioelektr potensiallar ni oʻrganishga imkon beradi. Kalmarlarning gigant nerv tolalaridan foydalanish orkali Bioelektr potensiallar generatsiyasi mexanizmi oʻrganib chiqildi. Bu tolalarning K+ va Na+ ionlariga nisbatan oʻtkazuvchanligini tekshirish asosida A. Xojkin, A. Haqsli va B. Kats 1947—52 yillarda harakat potensiali ion mexanizmini ochib berishdi va Bioelektr potensiallar ning membrana taʼlimotini yaratishdi. Hayvonlar Bioelektr potensiallar ni oʻrganish tirik sistemalardagi fizikkimyoviy jarayonlarni tushunib olishda hamda diagnostikada (elektrokardiografiya, elektroensefalografiya, elektromiografiya va boshqalar) katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklar Bioelektr potensiallar tabiatan hayvonlarnikiga oʻxshash boʻladi (E. Dyubua Raymon, 1882). D. Ch. Bos qoʻzgʻatuvchiga nisbatan Bioelektr potensiallar va elektr javob qilish barcha oʻsimliklarga xos ekanligini koʻrsatadi (1926). Bos tomonidan kashf etilgan juda sezgir oʻzi yozadigan galvanometrlar oʻsimliklarning "dastxati"ni, yaʼni qoʻzgʻatuvchiga nisbatan hosil qilinadigan maxsus elektr javoblarini olishga, fizik va kimyoviy taʼsirotga oʻsimliklarning elektr reakdiyasini oʻrganishga imkon berdi. Iirik harasimon suv oʻtlari Bioelektr potensiallar ning ion tabiatini oʻrganishda klassik obyekt hisoblanadi.


Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling