Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash
Download 131.62 Kb.
|
Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash
Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash. Metallni elektr yoyi bilan suyuqlantirish jarayonida quyidagi metallurgiyaviy jarayon-lar: chok metalining oksidlanishi, chok metalining azotga va vodorodga to’yinishi, hamda legirlovchi komponentlarni ko’payib ketishi va suyuq metallning atrofga sachrashi kuzatiladi. Kislorod metallda yaxshi erib temir bilan reaktsiyaga kirishishida oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar qattiq yoki gassimon holatda bo’lishi mumkin. Metallda erimaydigan suyuq oksidlar shlakka o’tadi yoki qisman metallning donalari orasida shlakk qo’shilmalar orasida qotib ketadi. Hosil bo’lgan oksidlarni qaytarish va metallni sachrashini kamaytirish uchun elektrod qoplami tarkibiga qaytaruvchi moddalar (ferromarganez, ferrosilitsiya va boshqalar)ni kiritish tavsiya etiladi. Metallning choki xavo kislorodidan himoyalanganda metalldagi legirlovchi komponentlarning kuyishi kamayadi. Kuyib ketgan komponentlarning o’rnini to’ldirish maqsadida payvandlash uchun legirlovchi elektrodlar ishlatiladi va elektrod qoplami tarkibi legirlovchi moddalar kiritiladi. Payvandlashni dastaki usulida elektr yoyi vositasi bilan bajarilganda kam uglerodli simdan yasalgan elektrodlar ishlatiladi, shu yo’l bilan metallni sachrashini kamaytirish mumkin. Po’latni payvandlashda ishlatiladigan metall elektrodlar ikki guruhga: 1.Payvandlash elektrodlari. 2.Ishlash imkoniyatini qayta tiklanayotgan detallarga suyuqlantirib qoplash elektrodlarga bolinadi. Payvand birikmaning, yoki suyuqlantirib qoplash yo’li bilan tiklangan detallning, qoplangan qatlamini mexanikaviy puxtaligini oshirish uchun, elektrodlar yasaladigan pulat sim birmuncha talablarni qondirishi kerak. Jumladan elektrodning suyuqlanganidan keyin sachramasligi. Elektrod osoyishta suyuqlanishi uchun elektrod sim tozza, zangsiz va kuyindisiz(aks holda payvandlanadigan joydan juda ko’p gaz paydo bo’ladi), uglerodi kam, tarkibida marganets bo’lishi shart. Metallni tarkibidagi marganets metallning osoyishta suyuqlanishiga imkon yaratadi. Marganets temir oksidlarini qaytaradi va shuning uchun oksidlarning o’glerod vositasida qaytarilish imkoniyati kamayib, kamroq gaz hosil bo’ladi. Talab etilgan kimyoviy tarkibli va mexanikaviy xossali chok metallni hosil qilish uchun, elektrod simi tarkibida payvandlash jarayonida kuyib ketadigan komponentlardan(xrom va b.q.) yetarli miqdorda bo’lishi lozim. Elektrod simining suyuqlanish harorati, asosiy metallni suyuqlanish haroratiga yaqin bo’lishi kerak. Fizika kimyoviy xossalar yuqori bo’lgan chok hosil qilish uchun, chok metallini(suyuqlangan vannani) havo ta'siridan saqlashimiz uni marganets, kremniy va boshqa elementlar bilan legirlash kerak. Legirlash uchun elektr yoyi vositasida, dastaki payvandlashda metall elektrodlar sirtida qalin sifatli qoplam hosil qilinadi. Bu talablarni qondirish uchun elektrodlarning sifatli qoplamlari tarkibiga barqarorlovchi(stabillovchi), himoyalovchi va legirlovchi komponentlar kiritiladi. Bu komponentlarni biz ayrim-ayrim ko’rib chiqamiz: barqarorlovchi komponentlar payvandlash joyini yuqori darajada turg’un qiladi. Yoyning barqarorligi elektrodlar oralig’ining ionlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Havodagi malekulalarni ionlarga ajralishi juda yuqori haroratda sodir bo’ladi. Shu sababga ko’ra yoyni turg’unlash uchun uning yonish oralig’ida oson ionlanadigan komponentlardan, bo’r (SaSo3), potash (K2SO3) va titanli kontsentrat (asosi TiO2 bo’lgan) kiritiladi. Download 131.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling