Elektrodvigatellar Reja


Download 51.86 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi51.86 Kb.
#1469608
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektrodvigatellar.

Tozalash hollari

Tekshirish
uchun gaz 137
linadigan joy


Aniqlanadi
gapkomponent


Me’yor
bo‘yicha
komponentlar
miqdori, foiz
hisobida


1

2

3

4

Havoni karbonad
angidrid gazi bilan

Resiver
yuqorisidan

Karbonad
angidrid gazi

85

Havoni azot bilan

--------

kislorod

3,0

Karbonad angidrid
gazini vodorod bilan

Resiver
pastidan

Karbonad
angidrid gazi
kislorod

1,0
0,5

Azotni vodorod bilan

---------

Azot kislorod

1,0
0,5




Vodorodni karbonad
gazi bilan

Resiver
yuqorisidan

Karbonad
angidrid gazi

95

Vodorodni azot bilan

-------

Vodorod

3,0

Azotni havo bilan

-------

kislorod

20

Muzlab qolgan quvurlar va ochib-yopadigan uskunalarni faqat bug‘ yoki issiq
suv bilan isitish mumkin. Gaz siljib chiqayotgan joyni gaz siljishini topuvchi
maxsus apparat yoki sovun ko‘pigi yordamida aniqlash mumkin.
Gaz siljib chiqayotgan joyni qidirish va muzlagan joyni isitish uchun ochiq
olovdan foydalanish man qilinadi.
EU xonasida va resiverlar yaqinida chekish, ochiq olov, elektr isitish
asboblari va ko‘chma yoritish lampalaridan foydalanish man qilinadi.
Apparatlarni nazorat qilish va ta’mirlash mobaynida ularni ichki qismlarini
yoritish va ko‘zdan kechirish uchun portlashdan himoya qilingan metall setkalar
bilan qoplangan kuchlanishi 12 voltgacha bo‘lgan ko‘chma yoritish lampalaridan
foydalanish shart.
EU xonalari ichida va eshiklarda GOST 12.4.026-76 ga muvofiq ochiq
olovdan foydalanishni taqiqlovchi xavfsizlik belgilari osilgan bo‘lishi shart;
vodorod resiverlarida esa «Vodorod. Xavfli yonuvchi!» degan yozuv bo‘lishi
kerak.
EU xonalarida tez alanga oladigan portlovchi moddalarni saqlash man
qilinadi.
Elektrolit bilan ishlash mobaynida maxsus himoya kiyimlaridan (ipgazlamadan tikilgan kostyum, rezinali etiq rezina shimdirilgan fartuk va rezina
qo‘lqop) va ko‘zoynaklardan foydalanish zarur.
Suyuq yoki qattiq ishqor moddasi teriga, sochga ayniqsa ko‘zga tushsa, kuydirib
og‘ir asorat qoldirishi mumkin.
Elektrolit zichligini tekshirishga suyuqlikdan namuna olish faqat idishdagi
bosim batamom tushirilgandagina bajarilishi shart.
Elektrolizerlarga, ayniqsa uning oxirgi plitalariga himoya vositalarisiz tegish
mumkin emas.
Mahkamlovchi boltlarning izolyasion vtulkalariga va monopolyar plitalar tagidagi
izolyatorlarga suyuq ishqorni tushishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Ushbu
elementlar izolyasiyasi buzilsa elektr yoyi paydo bo‘lib natijada yong‘inga va
avariyaga olib kelishi mumkin. Elektrolizerlar oldidagi polda rezina gilamlari
to‘shalgan bo‘lishi kerak.
EU uskunalari va quvurlari, resiverlar va resiverlar bilan mashina zali
orasidagi quvurlar uzilmagan elektr tizimini tashkil qilishi va yerga ulash
uskunalariga ulanishi shart. EU yaqinida apparatlar va quvurlar eng kamida ikki
joydan yerga ulanishi zarur.
Saqlagich klapanlarini tekshirish uchun uskuna o‘chirilishi va azot bilan
puflab tozalanishi kerak. Ishlab turgan uskunada saqlagich klapanlarini tekshirish
man qilinadi.
Bosim ostida bo‘lgan apparatlar va armaturalarni bolt va gaykalarini
mahkamlash man qilinadi. Shlang va shtutserlar mustahkam mahkamlangan
bo‘lishi kerak.
Montajdan, to‘liq ta’mirdan yoki uzoq vaqt ishlamay turgan EU-ni ishga
tushirish javobgar muhandis-texnik xodim nazoratida amalga oshirilishi shart.
Uskunadagi ta’mirlash ishlari naryad bilan bajarilishi shart.

Download 51.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling