Elektroenergetika fakulteti Falsafa fanidan Bajardi: Xoljigitov Hasan


Download 0.9 Mb.
bet4/5
Sana23.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1795148
1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa tushunchasi

Emotsiyalar. iroda, ishonch, ideal. Ilgari sezgilar hodisalarning muhim jihatlariga nisbatan neytral deb qaralar edi. Odatda bu neytrallik mavjud bo‘lmaydi. Bu holda sezgilar sub'ektga yuz berayotgan voqyeaning shaxsiy ma'nosini tushunish imkonini beruvchi kechinmalar sifatida amal qiladi. Hodisalar va holatlar ahamiyatini bevosita his etish emotsiyalar deb ataladi. Ijobiy emotsiyalar – lazzatlanish, quvonch, hayrat, muhabbat va sh.k. Salbiy emotsiyalar - qo‘rquv, hayiqish, nafrat, qayg‘u va sh.k. Insonning emotsiyalar dunyosi juda murakkab bo‘lib, uni psixologiya atroflicha o‘rganadi. Falsafiy jihatdan emotsiyalarni ekzistensializm ko‘proq o‘rgangan bo‘lib, bu yerda ekzistensial deganda ko‘pincha vaziyatli emotsiyalar (kuchli ruhiy hayajonlanish, ehtiroslar) emas, balki inson borlig‘ining barqaror strukturalari tushuniladi. Inson emotsiyalariga uning butun hayot tajribasi kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Ba'zan bir so‘z bilan ifodalangan qisqacha xabar inson o‘limiga sabab bo‘lgan hollar ma'lum.
  • Iroda inson ruhiyatining har xil shakllari orasida – sub'ektning o‘z faoliyatini o‘zi tartibga solishi muhim ahamiyatga ega. Kant va Fixte uchun iroda axloqiy tamoyillarni ro‘yobga chiqarish manbai, inson amaliy faoliyatining negizi hisoblanadi. Shopengauer va Nitsshe uchun iroda – borliqning irratsional impulsi. Bu yerda iroda ruhiyat doirasidan butunlay chiqariladi.
  • Ishonch insonning qadriyatlari va mo‘ljallari dunyosida biron-bir narsa yoki hodisani haqiqiy deb qabul qilishida muhim ahamiyatga ega. Ishonchga shubha zamin hozirlaydi, u bir qancha ruhiy holatlar natijasida ishonchga aylanadi.
    • Bilish natijalarini baholash. Erishilgan natijani baholash – bilishning zarur unsuridir. Baholash yo‘li bilan inson olingan bilimning haqiqiyligi yoki soxtaligi, undan amaliy faoliyatda foydalanish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi. U olingan bilim keyingi bilish jarayonida ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini belgilaydi, uning insonga va shaxsning ma'naviy faoliyatiga ta'sir o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlaydi. Shu sababli baholash uchun asos sifatida nafaqat gnoseologik, balki amaliy, mafkuraviy va axloqiy mezonlar amal qiladi.
    • Olim o‘z faoliyatida nafaqat o‘zining metodlari va ilmiy faoliyati natijalarini baholaydi, balki ularga ilmiy jamoatchilik, hokimiyat, din namoyandalarining munosabatiga qarab mo‘ljal oladi. Umuman olganda, har qanday bilish haqiqatni izlashdir. Bu inson aqlining azaliy vazifasidir. Bilimlarimizning haqiqiyligi muammosi bilish faoliyatining har qanday turlarida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bilimning haqiqiyligi uning muhim asosi hisoblanadi. Haqiqat – bilishning mutlaq qadriyati.

    • Download 0.9 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling