Elektroenergetika fakulteti Falsafa fanidan Bajardi: Xoljigitov Hasan


Download 0.9 Mb.
bet5/5
Sana23.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1795148
1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa tushunchasi

Bilishning ma'naviy qadriyatlari. Har qanday ilmiy tadqiqotda ma'naviy qadriyatlar va me'yorlar mavjuddir. Ilmiy metod negizini ob'ektivlik va oqilonalik kabi an'anaviy ma'naviy qadriyatlar tashkil etishi lozim. Ob'ektivlik olim tadqiqot me'yorlarini tanlashga nisbatan vijdonan yondashishi, shaxsiy manfaatdorlikni siqib chiqarishi, haqiqatni guruh manfaatlaridan ustun qo‘yishini nazarda tutadi.
  • Ayrim ilmiy konsepsiyalar eskirishiga qarab o‘ziga xos «timsol» belgilarini kasb etadi. Eskirgan konsepsiyalardan voz kechish ko‘pincha ularni yaratuvchilarning qarshiligini bartaraf etish bilan bog‘liq. Olim ba'zan fanda inqilobga yo‘l ochuvchi yangi g‘oyalarni afzal ko‘rishga o‘zida kuch topa olmay, eskicha yondashuvlar asiri bo‘lib qolishi mumkin.
    • Xulosalar
    • Haqiqat bilishning mezonidir. Inson amaliy faoliyati haqiqatni aniqlashga yo‘naltirilgan. Biroq haqiqat yolg‘on bilan yonma-yon turadi. Yolg‘on inson hayotining tarkibiy qismi sifatida amal qiladi.
    • Amaliyot va bilishning rivojlanishi u yoki bu yanglishishlar ertami, kechmi bartaraf etilishi: yo sahnadan tushishi (masalan, «abadiy dvigatel» haqidagi ta'limot kabi), yo haqiqiy bilimga aylanishi (alximiyaning kimyoga aylanishi)ni ko‘rsatadi. Yanglishishlarni yuzaga keltirgan ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish va takomillashtirish, ijtimoiy-tarixiy amaliyotning yetukligi, bilimning rivojlanishi va teranlashuvi yanglishishlarni bartaraf etishning muhim omillaridir. Bu esa borliqqa nisbatan apologetik (himoyalovchi-oqlovchi) yondashuvni emas, balki konstruktiv-tanqidiy yondashuvni, «sinovlar va xatolar» metodini amalga oshirishni (Popper) taqozo etadi.
    • ADABIYOT
    •  
    • Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
    • Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.
    • Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
    • Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
    • Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s.
    • Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
    • Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
    • G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.

    Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling