Elеktrоenеrgеtikaning rivojlanish tarixi Enеrgеtikaning uch хususiyatlari. Enеrgеtik ilm va uning uch yo'nalishi


Download 98.24 Kb.
bet3/5
Sana28.06.2023
Hajmi98.24 Kb.
#1657367
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация2

Biоsfеra
Sоtsial faktоr
Enеrgiya istе’mоl kilish tizimi
Enеrgоsistеma
Enеrgiya istе’-mоl kilish tizimi
ENЕRGЕTIK TIZIMNING BОSHKA TIZIMLAR BILAN ALОQASI KO’RSATILGAN
Elektr energiyaning asosiy xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi va nisbatan sodda va kam isrof bilan boshqa turdagi energiyalarga o’zgartirilishi mumkin.
Yorug`lik toki Biron-bir bilim sohasi yoxud u yoki bu fanning vujudga kelgan vaqtini aniqlash hamisha juda qiyin bo’ladi. 1873 yili amerikalik U.Smit selen yoritilganda utkazuvchanligi o’zgarishini tamomila tasodifan aniqlab qoldi. Bu xodisa fotoeffekt deb, aniqrog`i, ichki fotoeffekt deb ataladi, chunki yorug`lik ta’sirida uchib chiqqan elektronlar moddadan tashqariga chiqib ketmaydi, uning ichida qoladi. X1X asrning ikkinchi yarmida, 1876 yili Adams va Dey ajoyib xodisani – selen tayoqchasi yoritilganda unda elektr zaryadi hosil bo’lishini payqagan edilar. Bir kun kelib mazkur xodisadan erning sun’iy yo’ldoshlari va kosmik raketalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalanish mumkin bo’lishi singari fantastik istiqbollar na Adamning, na Deyining tushiga ham kirmagan edi albatta. 1887 yilda esa G.Gerst tashqi fotoeffekt xodisasini kashf etdi.Moskva universitetining professori-fizikgi Aleksandr Grigorevich Stoletov utgan asrning oxirida juda qiziq tajribalar qildi. U yorug`lik ta’siridan qanday sharoitda va qay tariqa elektr toki hosil bo’lishini tekshirdi. Ba’zi metallardan yorug`lik nuri ta’sirida elektronlar otilib chiqar ekan. Yoritilayotgan metall elektr zanjiriga ulansa, zanjirdan elektr toki o’tar ekan. 1888 yil A.G.Stoletov tekshirgan xodisa fotoelektr effekti deb effektga asoslangan tok manbalari esa fotoelementlar deb ataldi. Deyarli hamma metallarda fotoelektr effektini kuzatish mumkin, ammo kaliy, natriy va steziy kabi metallar yorug`lik nurlaridan ayniqsa tez ta’sirlanadi. Fotoelementlar ana shu metallardan tayyorlanadi. Fotoelementlar xozirgi zamon texnikasining xilma-xil sohalarida muvaffaqiyat bilan qullanilmoqda, ular saralayda, sanaydi, kontrol qiladi, boshqaradi bu asboblardan foydalanish imkoniyatlari cheksizdir.
Issiqlik toki. Ikki xil metalldan yasalgan va bir-biriga taqalib turgan hamda elektr tokini o’lchaydigan juda sezgir asbobga ulangan bir juft plastinkani qo’limizga olaylik asbobning strelkasi og`ishadi. Plastinkalarni stolga qo’ysak, asbob strelkasi qimir etmaydi, ya’ni tok borligini ko’rsatmaydi. Tajribani davom ettirib, plastinkalarni izolyastiyalangan taglikka maxkam o’rnatib, unga yoniq shamni yaqinlashtiramiz. Bunda asbob strelkasi yanada ko’proq og`ishadi, ya’ni plastinkalarni qo’limizga olganimizdagidan ham ko’proq tok borligini ko’rsatadi. Hamma gap issiqlikda lekan. elektr toki hosil bo’lishiga, manbadan qat’i nazar, issiqlik sababchi ekan. Buning uchun plastinkalar turli metallardan yasalsa bas. Vismut-surma, mis – vismut, temir- konstantan, temir-mis va shunga uxshash juft metallar bor. qizdirilganda ulardan ba’zilari ko’proq ba’zilari kamroq tok beradi.Termoelektrning hosil bo’lish sababi oddiy (termo- grekcha «issiqlik» degan ma’noni) bildiradi. Turli metallarda erkin elektronlar soni turliga bo’ladi, ikki xil metallning kavsharlangan joyini qizdirganda elektronlar xudi erkin gaz kabi, bir metalldan ikkinchi metallga o’tadi, qaysi metalda elektronlar soni kamaysa, o’sha metall musbat zaryadlanadi, elektronlar soni oshib ketgan ikkinchi metall esa manfiy zaryadlanadi, shu tariqa 2 o’tkazgich orasida potenstiallar ayirmasi vujudga kelib, elektr toki hosil bo’ladi.
Sobiq Sovet ittifoqida olimlar va injenerlar akademik A.F.Ioffe raxbarligida termoelektro-generator yasashdi.Bu asbobning nomi uzun va murakkab bo’lsada o’zi soda tuzilgan. Termoelektrogenerator metall qalpoqli «molniya» degan oddiy kerosin lampa bo’lib, qalpoq termobatariyadan , ya’ni bir-biriga 1-rasm ulangan bir necha termoelementdan iborat. Lampa batariyani qizdirganda uning klemmalarida 2 v kuchlanish vujudga keladi.

Download 98.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling