Elеktrоenеrgеtikaning rivojlanish tarixi Enеrgеtikaning uch хususiyatlari. Enеrgеtik ilm va uning uch yo'nalishi


O’zbekiston va chet el soxa olimlari


Download 98.24 Kb.
bet5/5
Sana28.06.2023
Hajmi98.24 Kb.
#1657367
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация2

O’zbekiston va chet el soxa olimlari.
Elektrotexnika fanining rivojlanishiga chet elektr olimlaridan J.K.Maksvell elektromagnit maydon nazariyasi bilan, G.S.Om o’zining mashhur «Om qonuni»-elektr zanjir uchun tok kuchi, kuchlanish, qarshilik orasidagi bog`lanish qonuni bilan A.M.Amper elektrodinamikaga doir Amper qoidasi, Amper qonuni, Amper teoremasi bilan, Gerst esa rezonator qonunlari bilan katta xissa qo’shdilar. Rus olimlaridan Peterburglik akademik B.S. Yakobi amalda ishlatsa bo’ladigan elektrodvigatelni kashf etdi va birinchi bo’lib transportda qo’llagan, Rus akademigi Lenst tomonidan elektr energiyasining issiqlik energiyasiga o’tishining miqdoriy qonuniyatlarini aniqlangan, Yablochkovning «elektr shami»ning ihtiro qilishi elektr bilan yoritishning amalda tatbiq etila boshlashiga asos bo’lgan xamda rus olimi P.N.Yablochkovning muhim apparat – bir fazali transformatorni yaratishi va nixoyat Rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali transformator bilan asinhron dvigatelni ihtiro qilishi va uch fazali sistemada elektr energiyasini uzatish hamda taqsimlash texnikasini ishlab chiqqishi va bu sistema hozirgi kunda ham butun er kurrasida elektr energiyasini uzatish va taqsimlashning asosiy usuli hisoblanib kelayotgan. Vasiliy Vladimirovichning elektr sohasidagi ishlaridan o’zgarmas tok batareyasidir. Ma’lumki italiyalik olim Aleksandro Volto 1800 yilda quyidagi xodisani kashf etgan: sho’r suv shimdirilgan doirachalarni movut parchalari Bilan bir- biridan ajratib taxlanadi, bunda 20 juft doiracha – miss va Rux plastinkalaridan ustun yasab, uning uchlarini o’tkazgichlar orqali ulagan unda o’zgarmas tok paydo bulgan.
O’zbekistonda fizika va elektrotexnika fani rivojlantirishga muhim hissa qo’shgan olimlarimizdan birinchi o’zbek olimi Raximov G`ofur Rahimovich, S. V. Starodubstev, S. U. Umarov, M. S. Saidov, H. F. Fozilov, K. Xabibullaev va boshqalarning xizmatlari katta. Ayniqsa fizika, kvant elektronikasi, yadro energetikasini rivojlantirish va termoyadro energiya asoslarini yaratish, energiyani o’zgartirish va uzatish metodlarini takomillashtirish vazifasi turibdi. O’zbekistonda fizika va elektrotexnika fani rivojlantirishga muhim hissa qo’shgan olimlarimizdan birinchi o’zbek olimi Raximov G`ofur Rahimovich. Oripov Ubay Orifovichning ilmiy faoliyati fizikaning zamonaviy masalalari - elektron fizikasi, radioaktiv izotoplarning xalq xo’jalik manfaatlarida ishlatish usullarini ishlab chiqish, qo’yosh energiyasidan foydalanish masalalariga bag`ishlangan.
Fozilov Hosil Fozilovichning ilmiy va ijodiy faoliyati asosan elektr zanjir va sistemalari masalalariga va xalq xo’jaligining eng muhim ilmiy-texnik problemalariga bag`ishlangan. Uning tomonidan rivojlantirilgan zanjirlarning umumiy nazariyasi elektr sistemalar rejimlarini hisoblashning umumiy va xususiy metodlari loyihalarini tuzish praktikasida keng qo’llanildi. Uning raxbarligida ishlab chiqilgan janubiy Qozog`istonni va O’rta Osiyoning birlashgan energetik sistemasining ilmiy asosi ham juda katta ahamiyatga ega.
Download 98.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling