1-ma’ruza. Kvant elektronikasi fanining rivojlanish
Download 21.69 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvant elektronikasi fanining maqsadi va vazifalari
1-MA’RUZA. KVANT ELEKTRONIKASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGIReja:Kvant elektronikasi fanining maqsadi va vazifalari Kvant elektronikasi fanining kashf etilish tarixi Kvant elektronikasi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi Xulosalar Tayanch iboralar: Kvant elektronikasi, lazer, kogerentlik, nurlanish Kvant elektronikasi fanining maqsadi va vazifalariKvant elektronikasi – termodinami jihatdan muvozanatda bo‘lmagan kvat sistemalarda majburiy nurlanishning hosil bo‘lishini va shu asosda ishlaydigan kuchaytirgichlarni va generatorlarni o‘rgatadigan fandir. Kvant elektronikasi — fizikaning yangi sohasi bo‘lib, u kvant sistemasida termodinamik muvozanatsizlik o`rnatilgan bir paytda elektromagnit to‘lqinlarning majburiy (indutsirli) nurlanish effektini qo‘llash hisobiga yorug`likning kuchayishini va generatsiyani hosil qilish usullarini, yaratilgan kuchaytirgich va generatorlarning hususiyatlarini va ularning qo‘llanishlarini o‘rganadi. Kvant elektronikasining asboblari — ko‘pchilikga tanish bo`lgan lazerlardir. Shuning uchun kvant elektronikasi lazerlar haqidagi fanni o`z ichiga oladi. Lazer (mazer) so‘zi inglizcha so`zlarning bosh harflaridan tashqil tongan: Laseg [Light (microwave) amplification by stimulated emission of radiation] bo`lib, u yorug`likning (o‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) diapazonidagi radio to‘lqinlarning) majburiy (indutsirli) nurlanishi hisobiga kuchayishi demakdir. Bundan ko`rinib turibdiki, mazer va lazer bir-biridan prinsipial jihatdan farq qilmaydigan kvant generatorlaridir. Lekin hozirgi paytda lazerlarga qiziqish katta. Shu sababli bu darslik kursida deyarli lazerlar fizikasi haqida fikr yuritiladi. Lazer nurlarining kashf qilinishi kvant fizikasi qonunlarining amalda qo`llanishining mantiqiy va muqarrar bosqichidir. Download 21.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling