Muhandislik fizikasi instituti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi nomutaxasislar uchun fizika fanidan laboratoriya ishlarni bajarish uchun


Download 309.5 Kb.
bet1/6
Sana06.04.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1331052
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-laboratoriya ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ShAROF RAShIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI




“TASDIQLAYMAN”


O’quv ishlari bo’yicha prorektor
prof. A.Soleev
“______”___________2022y.




MUHANDISLIK FIZIKASI INSTITUTI
NAZARIY FIZIKA VA KVANT ELEKTRONIKASI KAFEDRASI


NOMUTAXASISLAR UCHUN FIZIKA FANIDAN LABORATORIYA ISHLARNI BAJARISH UCHUN
USLUBIY KO’RSATMA


ISHNING MAVZUSI:
TURLI SHAKLDAGI DETALLARNING O`LCHAMLARINI ANIQLASH

“Nazariy fizika va kvant elektronikasi” kafedrasining 2022 yil “__” __________dagi “№___”-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va o`quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.




Kafedra mudiri : __________ Eshqobilov N.B

Muhandislik fizikasi instituti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yil _____________dagi №___-sonli bayonnoma).




Muhandislik fizikasi kengashi raisi: __________ A.Sh.Yarmuxammedov


Samarqand 2022
1-Laboratoriya ishi
Turli shakldagi detallarning o`lchamlarini aniqlash
Nazariy ma’lumotlar. Fizikaviy hodisalarni, jarayonlarni, fizikaviy qonunlarni o`lchamasdan turib o`rganishni tasavvur qilish qiyin. Hattoki, o`lchov asboblarisiz hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotini ko`zoldimizga keltirishimiz qiyin. O`lchash bu tajribaning asosini tashkil etadi, tajriba esa bilishning usulidir. Har qanday fizik kattalik haqiqiy qiymatga egadir. Bu qiymatning miqdoriy va sifatiy kattaligi ob’ektning mutloq xususiyatlarini ifoda etadi. Lekin fizik kattaliklarning haqiqiy qiymatini fizikaviy tajribada aniqlab bo`lmaydi. Ammo ma’lum darajada aniqlik bilan fizikaviy kattaliklarni o`lchash mumkin. Bu tajribadan olingan fizikaviy kattaliklarni ushbu aniq maqsadlarda haqiqiy fizikaviy kattaliklar o`rnida ishlatilishi mumkin. Ko`pincha haqiqiy fizikaviy kattaliklar o`rniga bu kattaliklarni o`lchangan qiymatning o`rtachasi olinadi. Fizikaviy kattaliklarni o`lchash uchun o`lchov asboblari zarurdir. Bunday o`lchov asboblariga oddiy masshtab chizg`ichi, shtangensirkul, mikrometr, mikroskop, sferometr va hokazolar kiradi.
Jismlarning chiziqli o`lchamlarini aniqlash uchun odatda chiziqli o`lchov asboblaridan foydalaniladi. Ularning asossiy qismlari ma’lum masshtabda darajalangan A – masshtab chizig`i va C- nonius chizig`idan iborat (1-rasm). Nonius bu o`lchashning aniqlik darajasini 10-20 marta orttirish imkonini beradigan asbobning qismidir. Shuning uchun noniuslarni o`rganishdan boshlaymiz.


Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling