Muhandislik fizikasi instituti nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi nomutaxasislar uchun fizika fanidan laboratoriya ishlarni bajarish uchun
Download 309.5 Kb.
|
1-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Rasm. E – jismning uzunligini nonius o`lchash.
- Shtangentsirkul
1-Rasm. Nonius
Faraz qilaylik A va C chizg`ich bir-biriga jips joylashtirilgan bo`lsin (1-rasm). Agar C nonius chizg`ichining bir bo`limining uzunligi a, A masshtab chizg`ichining bir bo`limimning uzunligi b desak, u vaqtda masshtab chizg`ichi bilan nonius chizig`i bo`limlari orasida quyidagi munosabat o`rinli bo`ladi: (1) ya’ni, nonius chizg`chidagi m ta bo`limining umumiy uzunligi masshtab chizg`ichidagi eng kichik bo`1imlarning (m-1) tasining umumiy uzunligiga teng bo`ladi. Bu yerda (1) formuladan olingan kattalik noniusning aniqligi deyiladi, ya’ni noniusning aniqligi m masshtab chizg`ichi bir bo`limining nonius chizg`ichi bo`limlari soniga nisbatiga tengdir. Ko`pincha b=1mm, m=10 bo`lsa nonius aniqligi bo`ladi. Endi nonius yordamida biror E – jismning uzunligini o`lchab ko`raylik. Buning uchun E jismning bir uchini A chizg`ichning noliga maslaymiz, ikkinchi o`qini esa C noniusning nol chizig`iga to`g`ri keltiriladi (2-rasm). U vaqtda izlanayotgan E jismning uzunligi (2-rasm) quyidagicha topiladi. (2) Bu yerda k- o`lchanayotgan uzunlik oralig`iga to`g`ri kelgan A masshtab chizg`ichining bo`limlari soni, ΔL mm ulishini tashkil qiladigan uzunlikdir, u quyidagicha topiladi: (3) Bu yerda n- masshtab chizg`ichining ixtiyoriy bo`limiga mos keluvchi nonius bo`limidir. 2-Rasm. E – jismning uzunligini nonius o`lchash. (2) va (3) formulalardan formulalardan izlanayotgan uzunlikni topamiz: (4) Agar b=1mm, m=10 bo`lsa (nonius bo`limlari soni) izlanayotgan uzunlik quyidagicha bo`ladi. (5) Shunday qilib, o`lchanayotgan jismning uzunligi, shu uzunlik oralig`iga to`g`ri kelgan masshtab chizig`ichidagi butun son K (mm hisobida) bilan masshtab chizg`ichining ixtiyoriy bir qiymatiga mos keladigan nonius bo`limi n ning 1/10 qismiga qo`shilganiga teng. Shtangentsirkul. Noniusli chiziqli o’lchov asboblaridan biri shtangentsirkuldir. (3-rasm) Shtangentsirkul 25-30 sm uzunlikdagi jismlarning uzunligi 0,1 dan 0,5 mm gacha aniqlikda o’lchashga imkon beradi. U qo’zg’aluvchan qismidagi nonius shkalaning mahkamlovchi vintdan, qo’zg’aluvchan qismini siljitadigan mikrometrik vint hamda shu vint bilan tutashtirilgan mahkamlovchi vint ramkadan iborat. Biror jismning uzunligi o’lchash uchun bu jismni shtangentsirkulning va jag’lari orasiga jismni ular siqib qo’ymaydigan qilib ohista joylashtiriladi. So’ngra vint mahkamlanadi va mikrometrik vintini erkin burab borish bilan qo’zg’aluvchan jag’ning jism sirtiga me‘yorida tegishiga erishiladi, so’ngra vint mahkamlanadi. Nihoyat, shtangentsirkulning asosiy shkalasidan noniusning nolinchi chizig’iga qadar bo’lgan butun bo’limlar, noniusdan esa butunning ulushlari olinadi. Download 309.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling