Elektrogazpayvandlash ishlari texnologiyasi o’quv amaliyotidan Ma’ruza- matnlar to’plami


-mavzu: Gaz alangasida payvandlashning xususiyatlari. Gaz alangasida payvandlash uchun zarur materiallar, jihoz va apparatlar


Download 196.85 Kb.
bet5/9
Sana19.11.2023
Hajmi196.85 Kb.
#1786331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elektrogaz To\'lqin domla

6-mavzu: Gaz alangasida payvandlashning xususiyatlari. Gaz alangasida payvandlash uchun zarur materiallar, jihoz va apparatlar

Reja:
1.Gaz alangasida payvandlashning xususiyatlari
2.Gaz alangasida ishlatiladigan ashyolar
3. Gaz alangasida payvandlash uchun jihoz va apparatlar

Metallarga gaz alangasida ishlov berishda metallarni gaz-termik kesish yetakchi o‘rinni egallaydi. Gaz-termik kesishni qo‘llamas- dan turib bir qator muhim konstruksiyalarni bajarish mumkin emas. Kimyo, neft va energetika mashinasozligi va apparatsozlikda hamda boshqa sohalarda ham gaz-termik kesishsiz ish bajarishning iloji yo‘q. Gaz bilan payvandlashda jihozlar va texnologik usullar bilan yondosh (gaz-kislorodli alanga metallni qizdirish manbayi bo‘lib xizmat qiladigan) jarayonlar ham keng qo‘llaniladi. Bunday jarayonlarga: gaz alangasida yuzani toblash, kavsharlash, buyumlarni gaz alangasida to‘g‘rilash, metall bilan qoplash usullari kiradi. Payvandlashning bu turi asosiy metall 1 ning biriktiriladigan qirralarini payvandlash gorelkasi S alangasi 2 bilan qizdirishdan iboratdir. Chok metalini hosil qilish uchun payvandlash vannasiga eritib qo‘shiladigan chiviq 4 ning oqib eritilgan metali qo‘shiladi.



Gaz bilan dastaki payvandlash

Issiqlik manbayi tariqasida asetilenning kislorod bilan aralashmasini yoqqanda hosil bo‘ladigan va harorati 3000—3150˚C ga boradigan payvandlash alangasi ishlatiladi. Uncha qalin bo‘lmagan po‘latlarni, oson eruvchan metallarni va qotishmalarni payvandlash uchun hamda kavsharlash va kesishdan oldin qizdirish uchun asetilen o‘rnida ishlatiladigan boshqa gazlar: propan, tabiiy neft, piroliz gazlari, vodorod, kerosin, koks gazi va boshqalar ishlatiladi. Ushbu gazlar kislorodda yonganda alanga harorati 2000—2450˚C gacha ko‘tariladi. Gaz bilan payvandlash nisbatan oddiy usul bo‘lib, murakkab, qimmat jihozlarni hamda elektr energiya manbayini talab qilmaydi. Gaz bilan payvand- lashning kamchiligi shundaki, metall yoy yordamida payvand- lashdagiga qaraganda sekin qizdiriladi, metallga ta'sir qiluvchi issiqlik zonasi katta bo‘ladi. Gaz bilan payvandlashda issiqlik bir yerga kam to‘planadi, payvandlanadigan detallar esa ko‘proq tob tashlaydi.
Alanga bilan metallning nisbatan sekin qizdirilishi va issiqlik- ning bir yerda to‘planmasligi sababli payvandlanadigan metallning qalinligi ortishi sayin gaz bilan payvandlashning ish unumi ham kamaya boradi. Jumladan, po‘latning qalinligi 1 mm bo‘lganida gaz alangasi yordamida payvandlash tezligi qariyb 10 m/soatni, qalinligi 10 mm bo‘lganida esa atigi 2 m/soatni tashkil etadi. Shuning uchun ham qalinligi 6 mm dan ortiq po‘latni gaz bilan payvandlash yoy yordamida payvandlashga qaraganda kam unumli bo‘ladi.
Asetilen bilan kislorod elektr energiyasiga nisbatan qimmat- roq turadi. Shuning uchun ham gaz bilan payvandlash elektr yoy yordamida payvandlashga qaraganda qimmatga tushadi. Kalsiy karbidi, yonuvchi gazlar va suyuqliklar, kislorod, siqilgan gazlar ballonlari hamda asetilen generatorlarini ishlatish tartib-qoida- lariga rioya qilinmaganda portlash va yong‘in chiqishi xavfi borligi ham gaz bilan payvandlashning kamchiliklariga kiradi.
Gaz alangasida ishlov berishda ishlatiladigan ashyolar asosan metall va nometall ashyolarga bo‘linib, quyidagicha klassifikatsiyalanadi.

Asetilen generatori deb, gazsimon asetilen hosil qilish uchun kalsiy karbidini suv bilan parchalashga mo‘ljallangan apparatga aytiladi. Generator kalsiy karbididan foydali foydalanish koeffitsiyentining yuqori bo‘lishini ta'minlashi zarur. Foydali foydalanish koeffitsiyenti  amalda hosil qilingan asetilen hajmi Va ning solingan barcha karbiddan olish mumkin bo‘lgan hajm Vn ga nisbatidir:

  Va .
Vn
Hozirgi generatorlarning foydali foydalanish koeffitsiyenti 0,85 dan 0,98 gacha bo‘ladi.
Reaksiya zonasidagi suv va so‘ndirilgan ohak harorati 80˚C dan, hosil bo‘ladigan gazniki esa 115˚C dan oshmasligi kerak. Tarmoqqa yoki gorelka shlangiga keladigan asetilenning harorati atrofdagi muhitnikidan ko‘pi bilan 10—15˚C ortiq bo‘lishi mumkin. Asetilen bilan to‘lg‘azilgan gaz sig‘imlaridagi ortiqcha bosim 15 kPa dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Ko‘chma gene- ratorlardan atrof-muhit harorati — 25...+ 40˚C bo‘lganda foy- dalanish zarur. GOST 5190-78 ga ko‘ra asetilen generatorlari quyidagi tarzda tasniflanadi: 1) ish unumi bo‘yicha: 0,5; 0,75; 1,25; 2,5; 3; 5; 10; 20; 40; 80; 160 va 320 m3/soat asetilen sarflanadi; 2)tuzilishi bo‘yicha: ko‘chma va statsionar generatorlar. Ko‘chma generatorlarning ish unumi 3 m3/soat gacha qilib tay- yorlanadi; 3)ishlab chiqiladigan asetilenning bosimi bo‘yicha: past bosimli — 10 kPa gacha; o‘rtacha bosimli — 10 dan 70 kPa gacha hamda 70 — 150 kPa gacha;

Asetilen generatorlarining sxemalari:


a — «karbid suvga»; b — «suv karbidga»; d — «quruq parchalanish»; e — «suvni siqib chiqarish»; f — kombinatsiyalashtirilgan: «suv karbidga va suvni siqib chiqarish»; 1 — karbid solingan bunker yoki baraban; 2 — retorta, suv uzatish tizimi; S — suv uzatish jo‘mragi; 4 — gaz yig‘gich; 5 — loyqani tushirish uchun teshik; 6 — gazni olish; 7 — konussimon idish.

Generatorlarda olinadigan asetilenda ohak va ko‘mirning qattiq zarralari, suv bug‘i, ammiakli qo‘shilmalar, vodorod sulfid, fosforli vodorod bo‘ladi. Ammiak, chang va vodorod sulfidning bir qismi asetilenni suv bilan yuvishda chiqarib yuboriladi, bu asetilen generatorlarining ko‘pgina turlarida ko‘zda tutilgan. Suv bug‘i kalsiy xlorid, silikagel, o‘yuvchi natriy yoki kalsiy karbidi bilan to‘ldirilgan idishlardan iborat bo‘lgan quritgichlarda yutiladi. Fosforli vodorod PH3 va vodorod sulfid H2S ning qoldiqlari tarkibida faol elementlar sifatida xrom yoki tarkibida xlor bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan tozalab ket- kaziladi. Eng zararli aralashma — zaharli fosforli vodorod PH3 dir. Undan tozalash uchun xrom angidrid va sulfat kislotasi shimdirilgan infuzoriyali tuproq — geratoldan foydalaniladi, namligi 18—20% atrofida bo‘ladi. Asetilen korpusi vertikal bo‘yicha 50—60 mm qalinlikdagi geratol qatlamlari to‘kilgan tokchalar o‘rnatilgan tozalagichdan o‘tkaziladi. Geratolning nisbiy sarfi 1 m3 asetilenga 0,23—0,3 kg ni tashkil etadi. Geratolning rangi sariq bo‘ladi, ishlangandan keyin u yashil rangga kiradi.


Ballonlar — siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlarni bosim ostida saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan po‘lat idishlardir.

Gazlar uchun ballonlar:
a — kislorod uchun; b — asetilen uchun; d — propan-butan uchun; 1 — tubi; 2 — tirgak boshmoq; S — korpus; 4 — bo‘yin; 5 — ventil; 6 — qalpoq; 7 — g‘ovak hajm; 8 — pasporti; 9 — halqalar.
Ballonlar tubli, og‘zi ingichka silindr po‘lat idish bo‘lib, og‘zida rezbali konussimon teshik bor. Ventil ana shu teshikka burab kirgiziladi. Tashish vaqtida shikastlanmasligi uchun ventil qalpoqcha bilan yopiladi. Ballon vertikal holatda turg‘un bo‘lishi uchun uning ostki qismiga boshmoq kiygizilgan. Gazning turiga qarab ballonlar turli ranglarga bo‘yaladi va ularga turli bo‘yoqlar bilan gazning nomi yozib qo‘yiladi.


Gaz

Ballonning rangi

Yozuvning rangi (gazning nomi)

Kislorod

Havorang

Qora

Asetilen

Oq

Qizil

Vodorod

Quyuq yashil

Qizil

Propan yoki propan va butan aralashmasi

Qizil

Oq

Asetilen o‘rniga ishlatiladigan boshqa gazlar

Qizil

Oq

Ballonning yuqori sferik qismidagi joyi bo‘yalmaydi va unga ballonning pasport ma'lumotlari: turi, zavod raqami, tayyor- lovchi zavodning tovar belgisi, uning sig‘imi, bo‘sh ballonning massasi, ishchi va sinash bosimi, tayyorlanish sanasi, texni- kaviy nazorat va Davtexnazoratning tamg‘asi, galdagi sinash sanasi (u har besh yilda bir marta o‘tkaziladi) o‘yib yozib qo’ yiladi.




Download 196.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling