Elektrogazpayvandlash ishlari texnologiyasi o’quv amaliyotidan Ma’ruza- matnlar to’plami
-mavzu:Payvand choklar sifatini nazorat qilish
Download 196.85 Kb.
|
Elektrogaz To\'lqin domla
9-mavzu:Payvand choklar sifatini nazorat qilish
Reja: 1.Payvand choklardagi nuqsonlar va ularni tekshirish 2.Payvand birikmalarning sifatining aniqlashning usullari 3.Payvandlash choklarini tekshirish Chala payvandlash quyma o‘zako‘1shamlarining belgilangan qiymatlar -dan kichik chiqishi yoki o ‘ z a k n i n g umuman bo’lmasligi. Bu juda xavfli nuqson hisoblanadi, chunki uning tashqi tom onda namoyon bo’lishi hamisha ham sezirlarli bo’lavermaydi. Bu nuqsonning umumiy sababi payvandlash tokining kichikligi yoki yetarlicha zich emasligi (payvandlash joyida) tufayli harorat maydonining buzilishidir. Tokning zichligi yetarlicha bo’lmasligiga elektrodlar detaining tik devoriga tegishi natijasida juda yaqin joy lashgan nuqta orqali tok shuntlanganda elektrodlarning tegish yuzasi haddan tashqari kattalashishi sabab bo’lishi m um kin. M azkur nuqson detallarorasidagi tirqishlar kattaligi yoki payvandlash joyi yaqinida tasodifan tegib ketish tufayli ham vujudga kelishi ehtim oldan holi emas;b) payvand birikmaning quyma joyi nuqsonlariga darzlar, g ‘ o v a k 1 a r, cho’kish bocshliqlari kiradi. Darzlar notekis qizish va tez sovish oqibatida payvandlash joyida yuzaga keluvchi cho’zuvchi zo’riqishlar ta ’sirida paydo bo’ladi. Bunday sharoitda asosan qizish darzlari paydo bo’ladi, ular m o’rtlikning harorat oraliida (M HO) yuzaga keladi. Darzlar paydo bo’lishining asosiy sabablari rejim ning haddan tashqari qattiqligi. Payvand birikmalarning sifati turli usullar bilan nam unalar va detalda, birikmalarni buzib hamda buzmasdan nazorat qilinadi. Sinov uchun nam unalar odatda uskunani berilgan rejimga sozlash paytida va keyin belgilangan muddatlarda tanlab olinadi.Birikmani buzib nazorat qilish texnologik namunalarda olib boriladi. Ba’zan yirik namunalarda ma’lum miqdordagi birikmalar, masalan, nuqtali birikmalar buziladi, keyin esa yana payvandlanadi. Payvand chokning sifati 10 ta nam unadan iborat turkumni buzuvchi kuchga qarab aniqlanadi. Mexanik sinovlar natijalarining tarqoqligi quyidagi chegaralarda bo’lmoi lozim: (Fmax - F min) /f or ≤Abu yerda: Fmax, Fmin, — kesilganda bitta nuqtaga (chokka) to ‘ri keluvchi eng katta, eng kichik va o ‘rtacha buzuvchi yuk (nagruzka); A -nuqtali birkmalar uchun 0,3—0,45 ga va chokli birikmalar uchun 0,2—0,25 ga teng koeffitsiyent.Olingan mexanik sinovlar natijalari ushbu buyum uchun nazarda tutilgan eng kichik joiz mustahkamlik me’yorlari bilan taqqoslanadi.Chokli payvandlashning (birikmaning) zichligi perimetri bo’ylab payvandlangan ikki plastinada tekshiriladi. Payvandlab boiingandan keyin plastinalardan biriga shtutser payvandlanib, u orqali siqilgan havo haydaladi. Nam unalarning zichligi ularni suvli vannaga botirib aniqlanadi. Uchma-uch payvandlangan namunalarni egilishga sinashda cho’zilgan joyda birinchi darz paydo bo’lgan egilish burchagi o’lchanadi yoki singan joy etalon bilan solishtiriladi.Texnologik nam unalarni sinash natijalari asosida payvandlashga yoki tayyor buyumni qabul qilib olishga ruxsat beriladi. Detallarning ayrim turlari uchun belgilangan turkumdan olingan tayyor buyumlarni tanlab buzish usuli qo’llanilayotir. Download 196.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling