Konduktometriya - Eritmalarning elektro‘tkazuvchanligini o‘lchab biron-bir fizik-kimyoviy kattalikni aniqlash konduktometriya usuli deb ataladi. Konduktometriyadan dissotsiatsiya darajasi va konstantasini aniqlash uchungina emas, balki eritmalardagi elektrolitlarning konsentratsiyasini, ularning eruvchanligini; kislotalarning asosligini aniqlash uchun ham foydalaniladi. Konduktometrik titrlash usuli katta amaliy ahamiyatga ega.
- Titrlash paytida eritmaning elektr o'tkazuvchanligi turli sabablar- ga ko'ra o'zgaradi. Masalan, kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlashda juda harakatchan vodorod ioni o'rniga kamroq harakatchan metall ioni keladi, shuning uchun elektr o'tkazuvchanlik minimal qiymatgacha kamayadi (bu ekvivalent nuqtaga to'g'ri keladi), titrlash davom ettirilishi hilan metall ionlarining soni ortadi, ayniqsa, ortiqcha OH- ionlar paydo bo'lishi bilan elektro'tkazuvchanlik keskin ortadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |