Elektrokimyo
SOLISHTIRMA ELEKTR O’TKAZUVCHANLIK
Download 26.92 Kb.
|
1 2
Bog'liqELEKTROKIMYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- EKVIVALENT ELEKTR O’TKAZUVCHANLIK
SOLISHTIRMA ELEKTR O’TKAZUVCHANLIK
Eritmada ionlar tartibsiz harakatda bo’ladi. Eritma orqali elektr oqimi o’tkazilganda ionlarning harakati tartibga tushib, ular katod hamda anod tomon elektr zaryadini tashib, eritmaning elektr oqimini o’tkazishiga sababchi bo’ladi. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini, ularnig elektr oqimini o’tishiga ko’rsatgan qarshiligi orqali ifodalash mumkin. Ma‘lumki, o’tkazgichda kuzatilgan qarshilik (R) bo’ladi, bunda: l – o’tkazgichning uzunligi; S – uning ko’ndalang kesim yuzasi; r – solishtirma qarshilik; r–ning teskari qiymatiga, ya‘ni –solishtirma elektr o’tkazuvchanlik deyiladi. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik bir – biridan 1 metr (1 sm) oraliqda va 1m2 (1 sm2 yuzali) ikki tekis elektrodlar orasida joylashgan suyuqlikning elektr o’tkazuvchanligidir. Muayyan haroratda eritmaning kosentratsiyasi ortishi bilan elektr o’tkazuvchanlik dastlab ko’paya boradi. Ma‘lum kosentratsiyadan so’ng esa, kamaya boshlaydi. Harorat ko’tarilishi bilan, asosan, quyidagi uch xil o’zgarish bo’ladi: 1) Muhitning qovushoqligi kamayadi; 2) Ionlarning gidratlanishi pasayadi; 3) Ionlarning harakat tezligi ortadi. Odatda, bunig natijasida haroratning bir gradusga ko’tarilishi bilan suvdagi eritmalarnig solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 2 – 2,5 barobar ortadi. Bosim o’zgarishi bilan solishtirma elektr o’tkazuvchanlik deyarli o’zgarmaydi. Masalan, 2000 atmosfera o’zgarganda sirka kislotaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 0,6% ga kamayadi. EKVIVALENT ELEKTR O’TKAZUVCHANLIK Amalda solishtirma elektr o’tkazuvchanlikdan foydalanish ancha noqulaydir. Shuning uchun, ko’pincha ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikdan foydalaniladi. Bir – biridan 1 m (yoki 1 sm) uzoqlikdagi 1 m3 (yoki 1 sm2) tekis yuzaga ega bo’lgan elektrodlar orasiga joylashib, tarkibida 1 kg – ekvivalent (yoki 1 g – ekvivalent) erigan modda bo’lgan eritmaning elektr o’tkazuvchanligiga – ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik deyiladi. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik λЭ quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi: ; V = M3 (12.8) yoki ; V = Л (12.9.) bu yerda: С – eritmaning kg – ekv/g – ekv. bilan ifodalangan normal konsentratsiyasi, V – kotsentratsiyaga teskari miqdor – eritmaning suyultirilgan (1 kg – ekv yoki g – ekv) erigan modda tutgan eritma hajmi m3 (yoki litr bilan). Solishtirma va ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik ifodalarini bir – biri bilan taqqoslansa, quyidagi hol kuzatiladi. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlikda hajm bir xil m3 (1l) qolib, bu hajmdagi erigan moddaning miqdori o’zgaradi. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikda esa aksincha, erigan moddaning miqdori bir xil – bir kg – ekvivalent (1 g – ekvi.) qolib, eritmaning hajmi o’zgaradi. Eritmaning konsentratsiyasi oshishi bilan ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik kamayadi, shuni ham aytib o’tish kerakki, suyultirish bilan ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikning ortishi chegarasiz bo’lmaydi. Ma‘lum suyultirishdan so’ng elektr o’tkazuvchanlikning ortishi to’xtaydi, chunki keyingi suyultirish natijasida eritmada hech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Shunday qilib, eritma suyultirilgan sari elektr o’tkazuvchanlik ortib borib ma‘lum chegarada to’xtaydi. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikning bu chegarasi cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik deyiladi va odatda λ∞ bilan ifodalanadi. Download 26.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling