Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish
Download 1.25 Mb.
|
Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish
Potensiometrik titrlash. Xuddi vizual usullarda bo‘lgani kabi titrlashning oxirgi nuqtasini topishning potensiometrik usuli ham tekshiriladigan modda miqdorini aniqlash ham haqiqiy amaliy maqsadni ko‘zda tutadi. Shu bilan birgalikda potensiometrik titrlash usuli bir qator afzalliklarga ham ega:
1)Asbobiy usul sifatida titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlashdagi vizual usullarda uchraydigan sub’yektiv xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi; 2)Sezgirligi yuqori, ya’ni xatolikning ayni qiymatida aniqlanadigan konsentratsiyaning eng kichik qiymatini (Cmin) kamaytirish mumkin; 3)Rangli va loyqa eritmalarni titrlashga imkon beradi va titrlashda rangli indikatorlardan foydalanishning oldi olinadi; 4)Bitta eritmadan ma’lum sharoitlarda aralashmada mavjud bo‘lgan tarkibiy qismlarni ma’lum ketma-ketlikda aniqlashga imkon beradi; 5)Titrlash jarayonini avtomatlashtirish qulay. Titrlashning oxirgi nuqtasini topishning vizual usullarida qo‘yilgan to‘rt turdagi kimyoviy reaksiyalar kislota-asosli, cho‘ktirish, kompleks hosil bo‘lishi va oksidlanish-qaytarilish kabilardan potensiometrik titrlashda ham foydalanish mumkin. Potensiometrik titrlashda qo‘llaniladigan kimyoviy reaksiyalarga ham, oddiy titrlash usullariga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi: -yetarli darajadagi yuqori reaksiya tezligi; -reaksiyalarning kerakli yo‘nalishda miqdoriy o‘tishi, ya’ni reaksiya yuqori muvozanat konstantasiga ega bo‘lishi; -qat’iy stexometriklik; -bir xillilik, ya’ni reaksiya mahsulotlari sharoitning ba’zi o‘zgarishlaridan qat’iy nazar bir xil bo‘lishi; -asosiy bilan bir qatorda yonaki reaksiyalarning mavjud emasligi. Titrlashning oxirgi nuqtasi sohasida bir elektrokimyoviy indikator reaksiyaning boshqasiga almashinishi sodir bo‘ladi va bu potensial sakrash bilan birga sodir bo‘ladi. Potensiometrik titrlashning oxirgi nuqtasi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi: Bu yerda m- potensial sakrashigacha qo’shilgan tomchilar soni; n-ΔE sakrashga olib kelgan titrant eritmasining tomchilari soni; V1- aniq titrlashgacha qo’shilgan titrantning hajmi, ml; V2- titrlash uchun sarflangan titrantning umumiy hajmi, ml; a- tomchilarning umumiy soni. Elektrodlar qutblanishning turlicha darajadaligi va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarning qaytarlik tavsifiga asosan har qanday aniq holatda potensiyametriyaning ikki usulidan biri qo‘llaniladi. Qaytar tizimlarning tarkibiy qismlarini aniqlash uchun elektrodda haqiqiy muvozanat potensiali o‘rnatilganda zanjirda tok bo‘lmaganda (I=0) klassik potensiometriyani muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Qaytmas tizimlar uchun (yoki tekshiriladigan eritmada qaytar tizimning faqat bitta komponenti ishtirok etganda) tutashgan formasi mavjud bo‘lmaganda nazorat qilinadigan tokli (I≠0) potensiometriyadan foydalanish qulay.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling